Yusufjon qiziq Şakarjonov nomidagi Farğona viloyat musiqali drama teatrida Şarof Boşbekov asari asosida sahnalaştirilgan «Temir xotin» spektakli xalqimizning sevimli sahna asariga aylangandi. Bugun ham uni barça sevib tomoşa qiladi.
«Temir xotin»da boş rolni öynagan Özbekiston xalq artisti Muhammadsoli Yusupovga «Qöçqor aka», Olim rolidagi Kimsanboy Sobirovga «Olimtoy» deya murojaat qilişlari bejiz emas.
Ijodiy faoliyati davomida önlab rollarni maromiga yetkazib ijro etgan Kimsanboy Sobirov mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi arafasida Prezidentimiz Farmoniga köra «Döstlik» ordeni bilan taqdirlandi. Afsuski, bir umr muxlislari ardoğida «Olimtoy» bölib yaşagan taniqli aktyor 65 yoşida vafot etdi.
«Namanganliklar.uz» jamoasi marhumning oila-aʼzolariga hamdardlik bildiradi.









