Özbekistonga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasi navbatdagi qarorni qabul qildi. Bu haqda boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov xabar berdi.
Qarorga köra, 2020 yil 5 sentyabrdan boşlab diniy taşkilotlarda jamoaviy ibodatlarni (juma va şanba-yakşanbalik diniy xizmatlar) amalga oşirişga ruxsat beriladi. Bunda uşbu obʼektlar quyidagi sanitariya qoidalariga rioya etişi talab etiladi:
- jamoaviy ibodatni ötkaziş uçun taşrif buyuruvçilar örtasida ijtimoiy masofani taʼminlaş;
- diniy taşkilotlar xodimlari va taşrif buyuruvçilarning tibbiy niqobda bölişi;
- sanitariya-gigiyena va dezinfektsiya talablariga qatʼiy rioya etiş, bino xonalarni doimiy ravişda dezinfektsiya qiliş, ularga kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfektsion “töşak”lar bilan jihozlaş;
- har bir diniy ibodatdan keyin bino (xona) va undagi jihozlarning yuza qismini dezinfektsion vositalar bilan tozalaş;
- bino va xonalarga, şuningdek, havo aylantiriş tizimiga zararsizlantiriş anjomlarini (ultrabinafşa lampalar va b.) örnatiş.
- tana harorati 37 daraja va undan yuqori bölgan yoki infektsiya alomatlari mavjud bölgan taşrif buyuruvçilarni kiritmaslik;
- diniy taşkilotlarga kiriş va çiqiş joylarida aholining töplanişiga qatʼiy yöl qöymaslik.









