Maʼlumki, bugun, 31 avgust kuni Köksaroy qarorgohida Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma töqqiz yilligiga bağişlangan bayram tadbiri bölib ötdi. Unda Prezident Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi.
Davlat rahbari nutqi yakunlangandan söng, rahbarlarga yuzlanib, boşlangan işlarni tezroq yakunlaş kerakligini taʼkidladi. U sözi davomida, rahbarlarning oyoği yerdan uzilişi mumkinligiga töxtalib ötdi.
“Bizga bitta narsa kerak: men boşida aytganimdek, oyoğimiz yerdan uzilmasdan, boşlagan işlarimizni halol-poklik bilan davom ettirsak, kam bölmaymiz.
Köp illatlarni unutişimiz kerak. Qiyin bölyapti. Hokimlarimizga xalqning içiga kir, xalqning oldiga bor, odamning dardini eşit, mana şu dardini, qölingdan kelmasa, yaxşi gap bilan, qölingdan kelsa, iş bilan amalda körsat, deb juda köp harakat qilyapmiz.
Lekin beş qöl baravar emas. Juda köp-köp işlarimiz tösiqlarga, joylardagi noinsofliklarga duç kelmoqda. Hali köp ijro organlari rahbarlari bunaqa oçiqlikka tayyor emas. Bu — oçiq Özbekiston”, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev bayram nutqida xorijda qolayotgan özbekistonliklar öz holiga taşlab qöyilmasligini taʼkidlab ötdi.









