Butun dunyoda yirik miqyosli uruş kelib çiqiş ehtimoli böyiça xavotirlar keskin ortdi. Oxirgi ikki yil içida ekspertlarning qaraşlarida u nisbatan uzoqdagi tahdiddan eng ötkir global xavflardan biriga aylandi. Bu haqda BMTning keça, 15 sentyabr kuni eʼlon qilingan yangi dokladida aytiladi.
Tadqiqot dunyoning barça mintaqalaridagi hukumatlar, xalqaro taşkilotlar, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor va ilmiy doiralarning 1,3 ming nafar vakili javoblariga asoslangan.
Iştirokçilar 28 ta siyosiy, iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va texnologik xavflarni, jumladan, ularning yuz beriş ehtimoli, mumkin bölgan oqibatlari va xalqaro hamjamiyatning ularga qarşi turişga tayyorligini baholagan.
2024 yilga nisbatan yirik miqyosli uruş vaqt böyiça eng yaqin tahdidlar reytingida 16 poğonaga kötarilgan – bu barça xavflar orasidagi eng keskin ösişdir.
Respondentlarning uçdan bir qismidan köproği – 36 foizi uning oqibatlari yaqin bir yil içidayoq insoniyatning salmoqli qismiga taʼsir qilişi mumkin deb hisoblaydi, 76 foizi esa bu holat yaqin yetti yil içida yuz berişi mumkin deb hisoblaydi.
Respondentlar yirik miqyosli uruşni xalqaro hamjamiyat eng kam darajada tayyor bölgan tahdidlardan biri deb atamoqda. U bir vaqtning özida törtta körsatkiç: ahamiyatliligi, vaqt böyiça yaqinligi, boşqa xavflar bilan özaro boğliqligi va munosabat bildirişga tayyorgarlikning yetarli emasligi böyiça birinçi oltitalikka kirgan yagona global xavfga aylangan.
Umuman olganda, global xavflarni qabul qiliş va anglaş oxirgi ikki yilda sezilarli darajada özgargan.
Agar 2024 yilda eng katta xavotirlarni ekologik tahdidlar, dezinformatsiya va pandemiyalar keltirib çiqargan bölsa, endilikda geosiyosiy keskinlik, uruş va qonun ustuvorligining susayişi birinçi planga çiqqan.
Ommaviy qirğin qurollari ham Markaziy va Janubiy Osiyo, Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika mamlakatlari va Okeaniyada Top-10 asosiy xavflar qatoridan joy olgan. Şarqiy va Janubi-Şarqiy Osiyoda respondentlar ehtimoliy jahon moliyaviy inqirozi, sunʼiy intellekt rivojlanişining salbiy oqibatlari va hokimiyatning texnologik kompaniyalar qölida töplanişidan xavotir bildirgan. SI bilan boğliq xavflar, şuningdek, Yevropa va Şimoliy Amerikada ham birinçi oltitalikka kirgan.
BMTga köra, doklad xavflarning anglanişini aks ettiradi, kelajakni başorat qilmaydi. Biroq tahdidlar haqidagi tasavvurlar siyosiy qarorlar va resurslarning taqsimlanişiga taʼsir qiladi. Şu sababli dunyo qaysi inqirozlarning oldini olişga muvaffaq bölişini köp jihatdan belgilab berişi mumkin.
Maʼlumot uçun, BMT tadqiqotida har bir global xavf quyidagi 4 ta muhim körsatkiç böyiça alohida-alohida reytingga solingan:
- Ahamiyatliligi / Dahşatlilik darajasi (Significance) – oqibatlari kançalik oğir bölişi;
- Vaqt böyiça yaqinligi (Proximity/Timeliness) – yaqin orada sodir böliş ehtimoli;
- Boşqa xavflar bilan özaro boğliqligi (Interconnectedness) – zanjirli ravişda boşqa inqirozlarni (iqtisodiy, gumanitar va h.k.) keltirib çiqariş kuçi;
- Tayyorgarlikning yetarli emasligi (Lack of preparedness) – dunyo hamjamiyati bu xavfga qançalik ojiz va tayyor emasligi.
Barça 28 ta xavf orasidan faqatgina “yirik miqyosli uruş” uşbu törtta mezonning har biri böyiça tuzilgan reytinglarning barçasida kuçli oltitalikka (Top-6) kirgan.
Boşqa xavflar (masalan, sunʼiy intellekt yoki ekologiya) qaysidir bitta yoki ikkita mezon böyiça yuqori örinda bölişi mumkin, ammo aynan uruş tahdidi bir vaqtning özida ham eng yaqin, ham eng vahimali, ham eng oğir oqibatli va ham xalqaro hamjamiyat eng kam tayyor bölgan xavf deb topilgan.









