Özbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova olamdan ötdi

Özbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova olamdan ötdi

Özbek milliy akademik drama teatri aktrisasi, Özbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova bugun, 25 avgust kuni 73 yoşida vafot etdi.

Aktrisa bir oydan buyon koronavirus-pnevmoniya xastaligidan davolanayotgan edi.

Dilbar Ikromova teatr sahnasida köplab esdaqolarli rollar ijro etdi. Birgina "Kelinlar qözğaloni" spektaklidagi roli uni sanʼat sohasida şuhrat qozonişiga katta xizmat qildi. 

Dilbar Ikromova 1947 yilning 17 iyul kuni Toşkent viloyati, Bekobod şahrida tavallud topgan. 1970 yilda sobiq Teatr va rassomçilik sanʼati institutini tamomlagan. 

1996 yilda Özbekistonda xizmat körsatgan artist, 2001 yilda Özbekiston xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan. 2014 yilda "Mehnat şuhrati" ordeni bilan taqdirlangan.

NAMANGANLIKLAR.UZ jamoasi aktrisaning yaqinlari va oila aʼzolariga hamdardlik bildiradi. 

×