«Talablarga sözsiz amal qilişga odatlanişimiz kerak» - Maxsus komissiya murojaati

Koronavirus böyiça Respublika maxsus komissiyasi yurtimiz aholisiga murojaat yölladi. 

«Beş oydan ortiq vaqt davomida davlatimiz rahbarining topşiriqlari va körsatmalariga muvofiq bu xatarni imkon qadar kam talafot bilan yengib ötiş uçun barça zarur çoralarni körib kelmoqdamiz.

Körilgan samarali çora-tadbirlar hamda tibbiyot hodimlarining fidokorona xizmatlari natijasida bugungi kunga kelib Özbekistonda koronavirus yuqtirgan jami 40 mingdan oşiq fuqarolarimizning qariyib 38 mingga yaqini yoki 93 foizi soğaydi, 2 ming 700 dan ziyod bemorni davolaş va oilasi bağriga qaytariş çoralari körilmoqda.

Vaziyat ayniqsa Toşkent şahrida ijobiy tomonga özgarmoqda. Yaqinda Rossiya, Germaniya va Xitoydan taklif etilgan şifokorlar hududlar örtasida taqsimlangani, xorijlik ekspertlar asosan oğir ahvoldagi kasallarni eng zamonaviy uslublar asosida, tizimli ravişda davolaşga jalb etilgani özining yaxşi samarasini berdi.

Mazkur yönalişda amalga oşirayotgan şu va boşqa çora-tadbirlarimiz yaqin kunlarda özining ijobiy samarasini körsatişiga, barça yurtdoşlarimiz yanada jipslaşib, har tomonlama tartib-intizomni saqlagan holda, yuksak onglilik va masʼuliyat körsatib, möʼtabar keksalarimizning duoi fotihalari bilan bu sinovdan eson-omon ötişimizga, qattiq işonamiz.

Vujudga kelgan murakkab şaroitni hisobga olib, bu yilgi qator bayramlar va ommaviy tadbirlar ötkazişni vaqtinça töxtatganimizdan barçangiz xabardorsiz.

Mana, yurtimiz mustaqilligining 29 yillik ayyomi ham yaqinlaşib kelyapti. Davlatimiz rahbarining topşiriqlariga muvofiq, pandemiya şaroitida mazkur buyuk sanani nişonlaş tartibini kelişib oliş uçun soğliqni saqlaş tizimining vakillari bilan maslahat qildik. Albatta, bunda ham asosiy vazifa – xalqimiz salomatligini asraş nuqtai nazaridan masalaga yondaşildi.

Pandemiya bilan boğliq vaziyat bu yil joylarda katta yiğin va ommaviy sayillar ötkazişni, şuningdek, boğ va köngiloçar maydonçalarda kontsert dasturlari taşkil etişni, Toşkent şahri va viloyatlar markazlarida muşakbozliklarni çeklaşni talab qilmoqda. Şuning uçun uşbu uluğ sanani köproq oila davrasida nişonlaşni taşkil etiş maqsadga muvofiq, degan qarorga keldik.

Korxona va taşkilotlarda ham bayram tadbirlari rejalaştirilgan taqdirda, ularni sanitariya normalariga qatʼiy rioya etgan holda ötkaziş kerakligini alohida taʼkidlamoqçimiz.

Uşbu kunlar biz uçun har qaçongidan-da sinovli böladi. Körilayotgan çoralar qançalik natija berişi tez orada ayon böladi.

Şu munosabat bilan, har birimiz pandemiya şaroitida yaşaş va işlaşga, harakatlarimizda epidemilogik talablarga sözsiz amal qilişga odatlanişimiz kerak.

Şu bois, hokimlar, sektor rahbarlari va vazirlarga doimiy ravişda vaziyatni tahlil qilib, COVID-19 tarqalişini qatʼiy çeklaş, bemorlarni samarali davolaş va ehtiyojmandlarga yordam beriş böyiça barça çoralarni körib boriş topşiriladi».

Eslatib ötamiz, Maxsus komissiya avval ham yurtdoşlarimizga murojaat yöllagandi. Unda agar karantin yumşatilişida qoidalarga amal qilnmasa, qatʼiy karantin qaytişi taʼkidlangandi. 

Özbekistonda karantin tartiblari qaytadan 15 avgust kuni yengillaştirildi. 

×