Butun dunyoda COVID-19 infektsiyasiga çalinganlar soni undan tuzalganlar soniga asta-sekin yaqinlaşmoqda. Bu haqda Daryo.uz, “TASS”ga tayanib xabar bermoqda.
Manbaning maʼlum qilişiça, söngi bir haftada dunyoda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 1,8 million kişini, undan soğayganlar soni 1,45 million kişini taşkil etdi.
Umumiy hisobda esa dunyo böyiça 24,5 million kişida koronavirus tasdiqlangan, şundan 16 million nafari soğaygan. Virusdan ölim holati şartli darajasi minimali ham yangilanib, 3,4 foizgaça tuşgan.
Şu bilan birga, Ğarbiy yarimşarda kasallaniş kamaymoqda, Şarqiy yarimşarda esa keskin oşmoqda. Yevropada virusning jiddiy avj olişi Frantsiya va Ispaniyada kuzatilmoqda, bir qator davlatlar, şu jumladan, Buyuk Britaniya, Italiya va Turkiyada virus tarqalişi bahorgi darajasiga qaytdi.
Bir qator mutaxassislarning taʼkidlaşiça, kasallanganlar soni keskin oşişi qator davlatlarda virusni aniqlovçi test sinovlari qamrovining oşişi bilan izohlanmoqda.
Ötkazilgan test sivovlari soni böyiça birinçi örinni Xitoy egallagan bölib, u yerda 90 milliondan ortiq test ötkazilgan. AQŞda bu körsatkiç 80 millionga yaqinlaşdi. Undan keyingi örinlarni Hindiston (taxminan 40 million) va Rossiya (35,7 million) egallagan.
JSST rahbari Tedros Gebreyesus esa 20 avgust kuni insoniyat koronavirusni kamida 2 yil muddatda yengişga qodir, degan fikrni bildirgandi.









