Prezident Namanganga taşrifini Pop tumanidan boşladi

Prezident Namanganga taşrifini Pop tumanidan boşladi

Bugun, 26 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga taşrifini Pop tumanidan boşladi. Prezident dastlab “Nuran uz” meva-sabzavotçilik klasteri faoliyati bilan tanişdi.

Pop Namangan viloyatining hududi jihatidan eng katta tumani. Prezidentning foydalanişdan çiqib ketgan qişloq xöjalik yerlarini oborotga qaytariş töğrisidagi tegişli qaroriga muvofiq, tumandagi unumsiz toşloq yerlarni özlaştiriş böyiça dastur işlab çiqildi.

Uşbu dasturga asosan “Nuran uz” masʼuliyati çeklangan jamiyat tomonidan Pop tumanidagi adirliklardan iborat 1 ming 885 gektar özlaştirilmagan yerda meva-sabzavotçilik klasteri taşkil etildi. Joriy yilning bahorida 100 gektarga örik, 70 gektarga gilos köçatlari ekildi, 12 gektar yerda uzumzor barpo etildi.

Ispaniyadan keltirilgan “Magador”, “Maryblon 29c”, “Flopria” navli örik köçatlari hosildor bölib, ikki oyligidayoq nişona körsatdi. Bu boğ kelasi yildan töliq hosilga kiradi va gektaridan 70 tonnagaça meva beradi. Bu gektariga 50 ming dollarlik meva eksport qiliş mumkin degani.

Klaster egalari şu bilan çeklanib qolmasdan, boğ qator oralariga qovun, tarvuz ekdi. Ayni kunlarda ğarq pişgan şirin-şakar tarvuz-qovunlar Rossiya va boşqa bozorlarga eksport qilinmoqda.

Qirq yillar mobaynida samarasiz yotgan yerlarda intensiv boğ yaratişga innovatsion asosda yondaşilgan, suvni tejaydigan tomçilatib suğoriş texnologiyasi joriy etilgan. Uşbu mexanizmni klasterning özi yaratgan bölib, bu 50 foiz mablağni tejaş imkonini bergan. Buning uçun 180 metr çuqurlikdan suv çiqariladigan 4 ta quduq qazilgan, tortib olingan suv şu yerdagi hovuzda töplanadi. Töliq kompyuterlaştirilgan tizim çanqagan yerlarga avtomatik tarzda suvni yuboradi. Yaʼni, hamma iş inson omilisiz, kompyuter orqali boşqariladi.

Bu – ikki bosqiçli loyihaning dastlabkisi bölib, 2021-2022 yillarga möljallangan keyingi bosqiçda yana 1 ming 455 gektar yer özlaştiriladi. Loyiha töliq amalga oşirilgaç, 350 ta iş örni yaratiladi, yiliga 10 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinadi.

Uşbu foydalanilmay kelgan taşlandiq yerlarda obod boğ barpo etiş oson bölgani yöq. Klaster buning uçun yerga tuproq soldi, unumdor texnologiyalar olib kelindi. Bu, albatta, Özbekistonda qarovsiz yotgan yerlarni özlaştirib, aholiga daromad keltiradigan maydonlarga aylantiriş böyiça boşlangan saʼy-harakatlarning mevasi.

Prezident boğni közdan keçirdi, şu yerda nuroniylar, qişloq xöjalik xodimlari bilan suhbatlaşdi. Namangan viloyatida tumanlarni muayyan qişloq xöjalik ekinlariga ixtisoslaştiriş, jumladan, Kosonsoy, Çortoq, Yangiqörğon tumanlarini boğdorçilikka yönaltiriş lozimligi qayd etildi.

"Boşqa yölimiz yöq. Yerimiz jannat, bundan foydalanib, Namanganni boşqa hududlarga namuna qilişimiz kerak, odamlarni uyğotişimiz lozim. Yilma-yil foydalaniş şarti bilan yerini, uruğini, köçatini, mablağini beramiz, qolgan harakat odamlarning özidan bölişi kerak. Şunday qilmasak ertaga natijamiz bölmaydi", dedi Prezident.

Şu yerda Namangan viloyatida qişloq xöjaligi sohasini rivojlantirişga oid loyihalar, istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Şavkat Mirziyoyev qişloq xöjaligiga bunday yangiça yondaşuv Özbekistonning yangi qirralarini, yangi imkoniyatlarini amalda namoyon etadigan tizim bölişi darkorligini taʼkidladi.

Mutasaddilarga tumanlarni muayyan ekin turlariga ixtisoslaştiriş böyiça qaror loyihasini işlab çiqiş, bunda har bir hududning iqlimi, imkoniyatlarini hisobga oliş yuzasidan topşiriqlar berildi.

×