Prezident Namanganga safarini boşladi

Prezident Namanganga safarini boşladi

Bugun, 18 fevral kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Yangiqörğon tumaniga keldi.

Davlat rahbari ötgan yili iyunda viloyatda bölganida Kosonsoy, Çortoq, Yangiqörğon tumanlarini boğdorçilikka ixtisoslaştiriş yaxşi samara berişini aytgan edi. Joriy yil 11 yanvarda esa “Namangan viloyatining Kosonsoy, Çortoq va Yangiqörğon tumanlarida meva-sabzavotçilik va uzumçilikni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Şunga muvofiq, uşbu toğli tumanlarda zamonaviy boğ va tokzorlar taşkil etilmoqda.

Ulardan biri – Yangiqörğondagi “Sura General Investments” masʼuliyati çeklangan jamiyatining boği. Bu yer ilgari suğorilmas, şu sababli undan unumli foydalanilmas edi. Birlaşgan Arab Amirliklarining 3 million dollar töğridan-töğri xorijiy investitsiyasi hisobiga 103 gektar maydonda intensiv boğ barpo etildi.

Avvalo, 250 metr çuqurlikdan suv çiqarildi. Hovuz qazilib, tomçilatib suğoriş tizimi örnatildi. Ötgan yili Italiyadan köçatlar olib kelinib, 48 gektarga gilos, 26 gektarga örik, 22 gektarga şaftoli, 7 gektarga olxöri ekildi.

Prezident boğning iqtisodiy samaradorligi bilan qiziqdi. Bu yerdagi mevalarning hosildorligi oddiy usuldagisiga nisbatan 3 barobar yuqori. Navlari ham bozorbop. Tomçilatib suğoriş tizimi natijasida har gektar yerdan 2 barobar köp suv iqtisod qiliş mumkin.

Daraxtlar kelgusi yili hosilga kiradi. Boğning yillik quvvati 5 ming tonna böladi. 4 million dollarlik mahsulot eksport qiliş rejalaştirilgan. Korxona yana ming gektarda boğ yaratişni maqsad qilgan.

Boğda 40 kişi iş bilan taʼminlangan. Qator oralarida sabzavot yetiştiriş uçun işsiz yoşlarga yer bölib berilgan.

Davlat rahbari şunday yoşlar bilan suhbatlaşdi.

“Sizlarning işli bölganlaringni, kayfiyatlaringni körib xursandman. Yöllaringizni topib, iş bilan bölib, biringizni ikki qilib, farzandlar kamolini körib yaşasalaringiz - mening eng katta maqsadim şu. Buning uçun şu bilan çegaralanmay, köproq bilim olişingiz, yangi marralarga intilişingiz kerak”, dedi Şavkat Mirziyoyev.

Ilgari namanganlik 160 ming kişi xorijga iş izlab ketgani, bugun yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida 100 mingi mamlakatga qaytib kelgani taʼkidlandi.

“Yoşlar yölini tasavvur qilolsa, kuç paydo böladi. Qiyinçiliklardan, sinovlardan xafa bölmaslik kerak. Hayot maktabini ötagan inson dunyoga boşqaça qaraydi. Yoşlarning yaxşisiyam, yomoniyam bizning farzandlarimiz. Sizlarga öxşagan intiluvçan, ertangi kuniga befarq bölmagan, kasb-hunarli yoşlar boşqa tengdoşlariga örnak bölişi kerak”, dedi Prezident.

Davlat rahbari intensiv boğning investori bilan muloqotda böldi. Şu yerda Namangan viloyatida qişloq xöjaligi sohasida amalga oşiriladigan loyihalar taqdimoti ötkazildi.

2
×