Xabaringiz bor, 22 avgustdan boşlab abituriyentlarga test sinovlariga kirişi uçun ruxsatnomalar berilişi boşlangandi. Lekin telefon raqami yöqolganlar, telefon raqami işdan çiqqanligi yoki şaxsiy kabinetga kiriş parolini unutib qöygan abituriyentlar haligaça öz ruxsatnomasini ololgani yöq. Davlat test markazi uşbu masalaga yeçim topdi.
Markaz şunday holatlarni inobatga olib abitur.dtm.uz sayti orqali “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab oliş uçun qöşimça imkoniyat yaratdi. Endi test topşiruvçi “Abituriyent ruxsatnomasi”ni şaxsiy kabinetga kirmasdan ham oliş mumkin. Boşqaça qilib aytganda, ruxsatnoma oliş uçun telefon raqam va parol şart emas.
Bunda “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab oliş uçun quyidagi maʼlumotlar kerak böladi:
• pasport seriyasi;
• pasport raqami;
• jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqami (JŞŞIR).
Hali ruxsatnomasini ololmagan abituriyentlar quyidagi havola orqali öz ruxsatnomalarini olişlari mumkin.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda imtihonlar 2 sentyabardan boşlanadi va oçiq stadionlarda ötkaziladi. Test sinovlari ikki hafta davom etişi rejalaştirilgan.









