Davlat soliq qömitasi boşqarma boşliği örinbosari Muzaffar Nazarov ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiluvçi reklamadan qay tartibda soliq tölanişi böyiça tuşuntiriş berdi.
Unga köra, Özbekiston Respublikasida daromad topuvçi har qanday jismoniy va yuridik şaxs soliq tölovçi hisoblanadi. Xususan, reklama qilib daromad topgan jismoniy şaxslar daromadlaridan 12 foiz miqdorida daromad soliği tölaşadi. Tölangan soliqlar tölaligiça davlat byudjetiga tuşadi.
«Şu bilan birga, ayrim faoliyat turlari Soliq kodeksiga muvofiq daromad soliğidan ozod qilingan. 2020 yil 8 iyundagi prezident qaroriga asosan, özini-özi band qiladigan şaxslar axborot kommunikatsiya sohasida xizmat körsatiş – ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (ijtimoiy tarmoqlarda xizmatlarni ilgari suriş va reklama qiliş (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori) turi böyiça röyxatdan ötgan bölsa, daromadlari jami daromadlari tarkibiga kiritilmasligi uçun daromad soliğidan ozod qilinadi.
Bunda mehnat stajiga ega böliş va keyinçalik yoşga doir pensiya olişlari uçun 2020 yilda bazaviy hisoblaş miqdorining kamida 50 foizi (111,5 ming söm) miqdorida ijtimoiy soliq tölaş lozim böladi», dedi Nazarov AOKA ştabidagi brifingda.









