Ijtimoiy tarmoqning ilk foydalanuvçilari - kimlar?

Ijtimoiy tarmoqning ilk foydalanuvçilari - kimlar?

Ijtimoiy tarmoqlar paydo bölib, dunyo onlayn va oflayn turlarga bölindi. Insonlar veb olam orqali muloqotda bölişni afzal köra boşladilar. Ijtimoiy tarmoq tuşunçasi 1954 yili sotsiolog Jeyms Barns tomonidan kiritilgan.

Lekin unda internetdagi muloqot emas, insonlar va taşkilotlarning özaro aloqasi nazarda tutilgan edi. Internet paydo bölgaç, uşbu tuşunça ança kengaydi. 1835 yili rus yozuvçisi va faylasufi Odoyevskiy “4338-yil” deb nomlangan asari ijtimoiy tarmoqlar rivoji haqidagi farazlarni ilgari suradi. Ularning baʼzilari bugungi kunda rost çiqqan bölsa, ayrimlari fantastik hayolligiça qolib ketdi.

Kompyuter yordamida işlatiladigan ilk ijtimoiy tarmoq 1971 yili vujudga keldi. U harbiylar tomonidan maʼlumot almaşiniş maqsadida foydalanildi. 1988 yili finlik olim Yarko Oykarinen internet-çat dasturini ilgari surdi.

Lekin ijtimoiy tarmoqning ommalaşuvi 1995 yilga töğri keladi. Biroz ötib amerikalik Rendi Konrads sinfdoşlar muloqotiga asoslangan ijtimoiy tarmoqni işlab çiqdi. Facebook, VKontakte, Twitter va Instagram kabilar kirib kelgaç, ijtimoiy tarmoqlarning tarafdorlari tubdan oşib ketdi.

Teglar:
×