UzAutoMotors Cobalt avtomobili sotuvini qaçondan boşlaşi mumkinligi aytildi

UzAutoMotors Cobalt avtomobili sotuvini qaçondan boşlaşi mumkinligi aytildi

Chevrolet Cobalt avtomobili yoz fasli oxirigaça qayta sotuvga çiqarilişi mumkin. Bu haqda “Daryo” maʼlum qildi.

Özbekistonda Cobalt avtomobili sotuvi uçun şartnomalar tuziş 2022 yil dekabrda töxtatilgan. Biroq mazkur avtomobilni işlab çiqariş joriy yilning yanvar–may oylarida ham davom etgan. Statistika agentligi hisobotiga qaraganda, ötgan 6 oy içida eng köp işlab çiqarilgan avtomobil Cobalt bölgan — qariyb 39 ming 264 dona.

Yaqinda kompaniya vakili işlab çiqarilayotgan avtomobillar qayerga “ketayotgani” töğrisida “Daryo”ga maʼlumot bergandi.

“Işlab çiqarilayotgan avtomobillar eski tuzilgan şartnomalar böyiça yetkazib berilmoqda. Navbatlar kamaygaç, sotuv şartnomalari qayta tiklanadi”, — degan u.

UzAutoMotors 1 iyul kuni navbatdagi bayonoti bilan çiqib, Asakadagi zavodda modernizatsiya işlari boşlangani sababli avtomobil işlab çiqariş vaqtinça töxtatilişini maʼlum qildi. Bu orqali ommaga avtomobil işlab çiqariş quvvatlari oşirilişi bildirildi. Xususan, kompaniya mazkur modernizatsiya jarayonidan keyin Chevrolet Cobaltʼni yiliga doimgidan 30 ming dona köproq işlab çiqarişga vaʼda berdi.

“Daryo” muxbiri kompaniyadagi manbasi bilan boğlanib, Cobalt sotuvi qaçon boşlanişi haqida söradi. Manbaning maʼlum qilişiça, avgust oyi yakunida Cobalt avtomobili sotuvi boşlanişi mumkin.

Hozirça zavoddagi modernizatsiya jarayonlari qança vaqt davom etişi, avtomobil işlab çiqariş qaçondan boşlanişi nomaʼlum. Şunisi aniqki, Asaka zavodidagi taʼmirlaş va yangilaş işlari avtomobillar narxiga taʼsir qilmaydi


×