Özbekiston xalq artisti Dilorom Karimova Prezidentga murojaat qildi. Aktrisa öz murojaatida “Özbekkino” rahbariyati faoliyatini tanqid qildi.
Karimovaning sözlariga köra, uşbu sohada korruptsiyaga qarşi kuraşiş “bayroği” ostida nosoğlom muhit şakllanmoqda. Aktrisa agar vaziyat özgarmasa uşbu sohadan Akbar Bekturdiyev, Sarvar Karimov, Umid Hamdamov, Muzaffar Erkinov va Jahongir Axmedov kabi talantli va yoş ijodkorlar ketib qolişi mumkinligini taʼkidladi.
Şuningdek, Karimova sohada guruhbozlik avj olganini va hamma bir-biri bilan kuraşayotganini taʼkidladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq rejisser Zulfiqor Musokov ham sohadagi muammolar haqida Prezidentga murojaat qilgan edi.
Musoqov agentlik rahbari Firdavs Abduxoliqov professionallarni işdan böşatib, kinoga aloqasi yöq odamlarni işga olayotganini aytgan edi. Şuningdek, u maoş ajratişdagi öyinlar haqida ham gapirgan edi.
Manba: Effect.uz









