Andijonda uka turmuş örtoğini kaltaklayotgan akasini töxtatib, uning öziga jarohat yetkazdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Aniqlanişiça, joriy yilning 14 avgust kuni soat 18:00 da G.K. özi kelin bölib tuşgan, ammo oilaviy nizo tufayli hozirda yaşamay kelayotgan Xöjobod tumanida joylaşgan uyga farzandlarining kiyimlarini oliş maqsadida borgan.
G.K. va uning turmuş örtoği Q.K. uyda yana özaro janjallaşganligi sababli Q.K., turmuş örtoği G.K.ning boş qismiga yoğoç bilan urib tan jarohati yetkazgan. Şu vaqtda hovlidagi şovqinni eşitgan Q.K.ning ukasi I.K. çiqib, akasini tanasining turli joylariga qöli bilan urgan. Keyin esa hovlida bölgan tayoq bilan ham boş qismiga tuşirib, tan jarohati yetkazgan.
Sud tibbiy ekspertizaning maʼlumotlariga köra, G.K. va Q.Q. soğliqni buzilişiga olib kelgan “yengil” tan jarohatlarini olganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Xöjaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.









