«Navbahor»ning 11 nafar futbolçisida koronavirus aniqlandi

«Navbahor»ning 11 nafar futbolçisida koronavirus aniqlandi

Namanganning «Navbahor» klubi futbolçilarida koronavirus aniqlangan. Bu haqda klubning bir qator fan-kanallari bergan xabarlarga asoslanib tribuna.uz sayti yozmoqda.

«Maşʼal»ga qarşi öyindan söng «Navbahor» futbolçilari koronavirusga test topşirişgan. Natijada jamoaning 11 nafar futbolçisida virus aniqlangan.
4 oydan beri Namanganda soğlom yurgan «Navbahor» futbolçilari markazlaşgan çempionat sabab virus yuqtirib olişdi. Bunga endi kim javob beradi?», deb yozmoqda jamoaning muxlislar klubi telegram kanali.

«Navbahor» axborot xizmati esa hozirça bu maʼlumotga oydinlik kiritmagan. Maʼlumot uçun, «Navbahor» ertaga, 25 avgust kuni Superliga doirasida OKMKga qarşi öyinda maydonga tuşişi kerak. Namangan klubi öyinda qatnaşiş-qatnaşmasligi PFL qaroriga boğliq.

×