AQŞda xitoylik josus ayol uşlandi. U Tayvan Prezidentining öğlini kuzatgan

AQŞda xitoylik josus ayol uşlandi. U Tayvan Prezidentining öğlini kuzatgan

AQŞ Federal qidiruv byurosi (FQB) Kaliforniyada yaşovçi 34 yoşli ayolni Xitoy rasmiylari topşiriğiga binoan Tayvan Prezidenti Lay Tsindening öğillaridan birini kuzatganlikda ayblab, hibsga oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.


Qayd etilişiça, Xizer nomi bilan tanilgan ayol Vanʼin Çjan keça, 4 oktyabr kuni Los-Anjeles xalqaro aeroportida qölga olingan. U Xitoyga uçib ketiş arafasida bölgan. Çjanga xorijiy davlatning röyxatdan ötmagan agenti sifatida faoliyat yuritganlik aybi qöyilgan.


FQB maʼlumotlariga köra, Çjan 2025 yilda Xitoy rasmiylari topşiriği bilan Sietl şahriga borgan. U yerda Tayvan Prezidentining öğli va uning oilasini kuzatib, ularning fotosuratlari, videolari hamda avtomobil davlat raqamlari haqidagi maʼlumotlarni Xitoy rasmiylariga yuborgan.


AQŞ Markaziy Kaliforniya okrugi böyiça boş prokurorining birinçi yordamçisi Bill Essaylining aytişiça, Çjan qölga tuşmaslik uçun maxsus usullardan foydalangan va xorijiy hukumat topşiriği bilan işlayotganini AQŞ rasmiylariga maʼlum qilmagan.


Tayvan prezidentlik idorasi Çjanning harakatlarini “transmilliy repressiyaning odatiy holati” deb atagan va Tayvan fuqarolarini himoya qilgani uçun AQŞ hukumatiga minnatdorlik bildirgan.


“Mamlakatimiz inson huquqlari va davlatlar suverenitetini mensimaclikka asoslangan bunday vahşiyona xatti-harakatlarni qatʼiy qoralaydi”, degan prezidentlik idorasi vakili Karen Kuo.


Xitoy Taşqi işlar vazirligi “Reuters”ning izoh sörab yuborgan murojaatiga hozirça javob bermagan. Çjanning advokati bor-yöqligi hozirça nomaʼlum. U ertaga, 6 oktyabr kuni Los-Anjelesdagi federal sudda iştirok etişi kutilmoqda.


Maʼlumot uçun, Lay Tsinde va uning Demokratik progressiv partiyasi Tayvanning Xitoydan alohida öziga xosligini taʼkidlab keladi. Pekin esa Tayvanni Xitoy hududi deb hisoblaydi. Lay Tsinde orolning kelajagini faqat Tayvan xalqi hal qilişi mumkinligini aytadi.


AQŞ Tayvan bilan rasmiy diplomatik aloqalarga ega emas, biroq Vaşington orolning eng muhim xalqaro hamkori va asosiy qurol yetkazib beruvçisi hisoblanadi.

Teglar:
×