2020 yil 22 avgust soat 17:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 38 412 (+181) nafarni taşkil etmoqda. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallaniş holatlarining 169 nafari Toşkent şahrida, 8 nafari Toşkent viloyatida, 2 nafari Surxondaryo viloyatida, 1 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasida va yana 1 nafari Jizzax viloyatida tana harorati kötarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Şu bilan birga, poytaxtda davolangan buxorolik 65 yoşli K.K. (erkak), Zangiota tumanidagi köp tarmoqli yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolangan farğonalik 59 yoşli F.T. (ayol), poytaxtlik 29 yoşli B.L. (erkak), jami 3 nafar koronavirusga çalingan bemor vafot etdi.
Eʼtiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toşkent şahrida 228 nafar, Toşkent viloyatida 98 nafar, Samarqand viloyatida 26 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar, Farğona viloyatida 4 nafar, jami 362 nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar tuzalib, yurtimizda soğayganlar soni 34 351 nafar (89 foiz)ga yetdi.
Hozirda mamlakatimizda 3 796 nafar bemorga şifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda.









