Özbekistonda oçiq osmon ostida ilk imtihon ötkazildi

Özbekistonda oçiq osmon ostida ilk imtihon ötkazildi

Özbekistonda ilk bora oçiq stadionlarda ötkazilişi belgilangan test sinovlariga start berildi. Keça, 20 avgust kuni Olmaliqdagi abituriyentlar dastlabki imtihonni topşirişdi. Bu haqda Toşkent viloyat hokimligi xabar berdi. 

Maʼlum qilinişiça, Rossiya Federatsiyasining Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq filialiga hujjat topşirgan abituriyentlar uçun ilk imtihon bölib ötdi. 1309 nafar hujjat topşirgan abituriyentlardan 1146 nafari matematika fanidan birinçi sinovdan ötişgan.

Oçiq havoda ötkazilgan imtihonni şaffof va adolatli ötişini taʼminlaş maqsadida, 4 ta sektorga bölingan guruhlarga 130 dan ortiq kuzatuvçilar biriktirilgan. 

Taʼkidlanişiça, imtihonlar karantin talablariga qatʼiy rioya qilingan holda taşkil etildi. Stadionga kiriş yölaklari dezinfektsiya tunellari, zarur jihozlar, videokuzatuv uskunalari va yoritiş moslamalari bilan taʼminlangan.

×