Özbekistonda 2020 yilda qança ölim holati qayd etilgani maʼlum qilindi

Davlat statistika qömitasi 2020 yil davomida qança ölim holati qayd etilgani böyiça statistik maʼlumotlarni taqdim etdi. Unga köra iyul oyida nisbatan eng köp, yaʼni 17 ming 396 ta ölim holati qayd etilgan.

Yil boşidan iyul oyigaça 6 oy davomida 92 ming 26 ta ölim hisobga olingan. Oylar kesimida tahlil qilsak yanvar oyida – 11 ming 36 ta, fevral – 13 ming 693 ta, mart – 12 ming 633 ta, aprel – 11 ming 613 ta, may – 11 ming 792 ta, iyun – 13 ming 790 ta, iyul – 17 ming 396 ta vafot etganlar qayd qilingan.

Joriy yilda 6 oy davomida qayd etilgan ölim soni 2019, 2018 yillardagi 6 oy körsatkiçiga nisbatan ham yuqori bölgan. Özbekistonda 2018 yil 6 oy davomida 75,6 ming, 2019 yilda şunça vaqt mobaynida 75,8 mingta ölim holati hisobga olingan.

×