Bugun, 18 avgust kuni soat 09:00 larda Namangan viloyati, Pop tumani hududidan ötuvçi 4R-112 “Farğona xalqa yöli” avtomobil yölining 22-kilometrida mudhiş yöl-transport hodisasi yuz berdi. Nexia avtomobili yuk avtomobilining “tagiga” kirib ketişi natijasida bir kişi vafot etdi. Bu haqda Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
1986 yilda tuğilgan Ş.A. Nexia rusumli transport vositasi tezligini meʼyoridan oşirgan holda boşqarayotib, qarama-qarşi yönalişga ötib ketişi oqibatida qarşisidan harakatlanib kelayotgan 1966 yilda tuğilgan M.T. boşqaruvidagi “Zil-130” rusumli yuk avtomaşinasi bilan töqnaşib, YTH sodir etgan.
Töqnaşuv natijasida, Nexia rusumli avtomobil haydovçisi 34 yoşli Ş.A. oğir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmokda.









