Tanqid foyda bermaganda: Namangan şahridagi Tez tibbiy yordam bölimiga hali ham joy topilmayapti

Tanqid foyda bermaganda: Namangan şahridagi Tez tibbiy yordam bölimiga hali ham joy topilmayapti

Kun.uz saytida Namangan şahridagi Tez tibbiy yordam şoxobçasidagi şaroitlar haqida berilgan tanqidiy maqoladan keyin şoxobça xodimlari beşta muassasaga tarqatib yuborilgan va ularning şaroiti yanada oğirlaşgan.

Namangan şahridagi 2-kiçik dahada faoliyat yuritayotgan Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali Tez tibbiy yordam kiçik tuman şoxobçasidan takroriy murojaat keldi.

Saytda 2019 yilning 27 noyabr kuni berilgan tanqidiy materialda 150 ming aholiga xizmat körsatuvçi, 120 nafar tibbiyot xodimi hamda 32 nafar haydovçi iş olib boryotgan mazkur muassasa binosi öta taʼmirtalab, avtodahol holatga kelgani haqida material va videolavha eʼlon qilingan edi.

Uç oy ötib yana arz qilgan tibbiyotçilar va haydovçilar öşa maqola çiqqanidan keyin Tez tibbiy yordam bölimi turli muassasalarga bölib yuborilgani, yangi joylarda şart-şaroit yöqligidan qiynalib faoliyat yuritişayotganini aytişgan.

Namangan şahrida bölib, qayta murojaat qilgan xodimlar bilan uçraşdik. 5-sonli oilaviy poliklinikada Tez tibbiy yordam bölimining 4ta brigadasi iş olib bormoqda. Poliklinikaning birinçi qavatida bölim xodimlari uçun 5ta xona ajratilgan. Şifokorlar, feldşerlar, dorixona va haydovçilar dam oliş uçun joylar – hammasi uçun mana şu beşta xona.

«Öşa tanqidiy maqoladan söng şoxobçamizni poliklinikalarga tarqatib yuborişdi. Körib turganingizdek, sanitariya holatlariga mos kelmaydigan şaroitda faoliyat yuritib kelyapmiz. Çaqiruvga borib kelganimizdan söng hatto qöl yuvgani ham şaroit yöq. Koykalar oz. Erkak va ayol xodimlarimizga ikkita alohida xona ajratilgan. Haydovçilarga esa yöq. Ular uçun çaqiruvdan-çaqiruvgaça ötirib dam olişga ham xona ajratilmagan. Yölakda kuşetkalarda yotib hordiq çiqarişadi.

Baʼzida bitta karavotda ikki kişidan bölib ham yotyapmiz. 8ta brigadamiz bor. Ular orasida erkak va ayollarning soni har-xil. Mana bugun ham 6 nafar feldşer navbatçilikda. Şundan ikkisi ayol kişi. Hozir uç kişiga joy bor. Boşqa poliklinkalarga borib turinglar, deyişadi. Masalan 8-oilaviy poliklinikaga. Lekin, u yerga birov borgisi kelmaydi. Çunki u joyning devorlari beton va xonalari juda sovuq», deydi oliy toifali feldşer Muhammadxon Azizov.

Şifokorlardan biri Abduolim Salohiddinov ham xonalar yetarli emasligini aytdi.

«Juda noliydigan şaroit deb bölmaydi. Dori-darmon yetarli. Lekin, öz uyimiz bölgani baribir yaxşi. Hozir xonalar issiq lekin, tok öçsa sovib ketadi», deydi vraç.

Oilaviy poliklinika taşqarisida turgan Tez tibbiy yordam avtoulovlari haydovçilari bilan ham suhbatlaşdik.

«Eski joyimizdan çiqib ketganimizdan keyin haydovçilar uçun şaroitlar yomonlaşdi. Çaqiruvdan qaytganimizdan söng kirib biroz isingani xona bölmaydi. Nima qilsa ham davlat xizmatida işlaymiz. Yaxşi işlaş uçun şunga yaraşa qulaylik ham bölişi kerak. Majlislarda köp bor aytişdi. Lekin, heç şart-şaroit özgarmayapti», deydi haydovçilardan biri Nosirjon Xudoyberdiyev.

Maʼlum bölişiça, 150 ming kişiga xizmat qiluvçi muassasada birgina dispetçer bor.

«Ratsiya yöq, uyali telefonda aloqa qilamiz. Buning oqibatida bemorlar oldiga keçikib boriş holatlari yuzaga kelmoqda», deydi Muhammmadxon Azizov.

Muassasa boş tibbiy oğasi Bekmirza Mavlonov bilan şoxobçaning bir brigadasi faoliyat olib borayotgan 8-sonli oilaviy poliklinikaga bordik.

Tez tibbiy yordam guruhiga poliklinikaning asosiy binosi ortidagi binodan joy berilibdi. Içkaridagi holatni kördik. Yotoq xonalari ham şu yerda ekan. Şifokor Abduqahhor Bannayev şaroitlardan nolimasligi, biroq muassasa uçun alohida bino kerakligi, Tez tibbiy yordam uçun vaʼda qilingan Nevrologiya bölimi binosi tezroq bitişini kutişga töğri kelayotganini aytdi.

Şundan söng Tez tibbiy yordam bölimining yana bir brigadasi faoliyat yuritayotgan 11-sonli oilaviy poliklinikaga bordik. Bu yerda tezkor guruhga ajratilgan xonaga poliklinikaning röyxatga oliş bölimi orqali ötilar ekan. Juda noqulay. Tungi navbatçilikda hujjatlarga töla xonani bosib ötiş naqadar qiyinligini tasavvur qiliş qiyin emas.

 Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialida

Ötgan safar sohaning yuqori turuvçi taşkilot vakillari bilan suhbatlaşganimizda ular 1-şahar şifoxonasi binosida rekonstruktsiya işlari ketayotgani, quriliş işlari yakunlanişi bilan şifoxona Nevrologiya bölimining 1-qavatidan 8-10ta xona Tez tibbiy yordam şoxobçasiga berilişini aytişgan edi. Lekin mazkur binoda quriliş-taʼmirlaş işlari hali yakunlanmagan.

Bu safar savollarimizga Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining tez tibbiy yordam böyiça örinbosari Kamoliddin Zohidov javob berdi.

U Tez tibbiy yordam şoxobçasi uçun uç oy mobaynida böş bino izlangani, biroq byudjet taşkilotiga ijarada turiş uçun joy topiş muşkul bölayotganini bildirdi.

«Ayni paytda Namangan şahar hokimligi bilan aloqaga çiqib, eski binoga yaqin bölgan joydan quruq yer maydonini topdik. Moliya bölimi bilan ham gaplaşdik. Mablağ beradigan bölişdi. Tez tibbiy yordam şoxobçasi uçun yangi bino qurişni boşlamoqçimiz», deydi mutasaddi.    

Filial mutasaddilari deyarli har bir poliklinikada Tez tibbiy yordam brigadasi turişi rejalaştirilayotganini bildirişdi.

Tibbiyot tizimidagi yangi loyiha albatta barça şaroitlar yaratilganidan söng amalga oşirilişi tayin. Biroq, biz borib körgan poliklinikalarda Tez tibbiy yordam xodimlari uçun oddiy sanitariya holati yöq edi.

Namangan viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasi, Namangan şahar hokimligi 150 ming aholiga xizmat qiluvçi Tez tibbiy yordam şoxobçasi muammosi haqida boş qotirib körişsa bölar edi...

Elmurod Ermatov,
 
Kun.uz vodiy viloyatlari muxbiri

×