Soliq majburiyatlarini bajarişda tadbirkorlik subʼektlariga yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni eʼlon qilindi.
Soliq maʼmuriyatçiligini yanada takomillaştiriş va soliq qonunçiligini buzganlik uçun javobgarlikni liberallaştiriş orqali işbilarmonlik muhitini yaxşilaş, şuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita örganiş hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirişning asosiy yönalişlarini belgilab oliş böyiça 2021 yil 20 avgust kuni ötkazilgan Özbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan oçiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida:
2022 yil 1 yanvardan boşlab:
kameral soliq tekşiruvi natijalari böyiça aniqlangan huquqbuzarliklar uçun moliyaviy sanktsiyalar qöllanilmaydi;
tadbirkorlik subʼektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uçun moliyaviy sanktsiyalar bekor qilinadi.
Davlat soliq qömitasining 2022 yil yanvar – iyul oylarida eksperiment tariqasida Xorazm viloyati davlat soliq boşqarmasida hisobda turgan soliq tölovçilarning qöşilgan qiymat soliği, aktsiz soliği, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik şaxslardan olinadigan yer soliği böyiça soliq hisobotlarining soliq organlari tomonidan hisoblab çiqarilişi va şakllantirib berilişi töğrisidagi taklifi qöllab-quvvatlandi.
Eksperiment doirasida:
a) soliq organlari:
yuridik şaxslardan olinadigan yer soliğini – Kadastr agentligi organlari maʼlumotlari asosida;
qöşilgan qiymat soliği, aktsiz soliği va aylanmadan olinadigan soliqni – elektron hisobvaraq-faktura va onlayn nazorat-kassa texnikasi maʼlumotlari hamda soliq organlarida mavjud boşqa maʼlumotlar asosida hisoblab çiqaradi va soliq hisobotini şakllantiradi;
b) soliq organlari tomonidan şakllantirilgan soliq hisoboti soliq tölovçilar uçun belgilangan tegişli soliq hisobotini taqdim etiş muddatidan kamida 10 kun oldin soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali yuboriladi;
v) soliq tölovçi soliq organlari tomonidan şakllantirilgan soliq hisobotini olgan kundan boşlab 5 kun içida uni tasdiqlaydi yoki, agar eʼtirozlari mavjud bölsa, uni rad etgan holda, soliq hisobotini qayta işlaydi va örnatilgan tartibda soliq organlariga taqdim etadi.









