Koronavirus pandemiyasi şaroitida Özbekiston aholisining daromadlari qanday özgardi?

Koronavirus pandemiyasi şaroitida Özbekiston aholisining daromadlari qanday özgardi?

Özbekistonda 2020 yilning yanvar—dekabr oylari holatiga köra, aholining umumiy daromadlari 401,5 trillion sömni taşkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qömitasi tomonidan eʼlon qilingan hisobotda keltirilgan.

Aholining umumiy daromadlari — majburiy tölovlar va boşqa ajratmalarni amalga oşirgunga qadar bölgan yalpi daromadni ifoda etadi. Aholining umumiy daromadiga pul daromadlari va natural şaklidagi daromadlar kiradi hamda doimiy asosda, takrorlanuvçi xususiyatga ega bölgan, yillik yoki undan kam vaqt oraliğidagi davrda uy xöjaligi yoki uning alohida aʼzolariga tuşadigan tuşumlardan tarkib topadi.

«Aholi daromadlari böyiça real ösiş surʼatlarini hisoblaşda narx omillari taʼsirini çiqarib taşlaş maqsadida inflyatsiya körsatkiçlarining asosiy turlaridan biri — isteʼmol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi. Isteʼmol narxlarining özgarişi sababli ötgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real ösiş surʼati 2,6 foizni taşkil etdi (ötgan yilning uçta çoragi böyiça pasayiş 0,3 foizga teng edi)», — deyiladi Statqöm xabarida.

2020 yilning 12 oyi davomida aholi jon boşiga umumiy daromadlar 11,7 million sömni taşkil etgan, real ösiş — 0,7 foiz, bu 2019 yilgi körsatkiçlardan sezilarli darajada past (5 foiz).

2020 yilning yanvar—dekabr oylarida aholi jon boşiga umumiy daromadlar hajmi Toşkent şahrida (23,5 million söm) hamda Navoiy (19,2 million söm), Buxoro (14,4 million söm), Toşkent (12,5 million söm) va Xorazm (12 million söm) viloyatlarida respublika böyiça örtaça darajadan yuqori körsatkiçlar qayd etilganligi kuzatilgan.

Aholi jon boşiga umumiy daromadlar hajmi eng quyi körsatkiçlari Farğona (8,7 million söm) hamda Namangan (9 million söm) viloyatlarida va Qoraqalpoğiston Respublikasida (9,1 million söm) qayd etilgan.

Aholi jon boşiga umumiy daromadlarning eng yuqori real ösişi Navoiy viloyati (6 foiz), Qoraqalpoğiston Respublikasi (4 foiz), Samarqand (3,7 foiz) va Toşkent (3,4 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

Şu bilan birga, aholi jon boşiga real daromadlarning pasayişi quyidagi viloyatlarda kuzatilgan: Sirdaryo — 2,4 foiz (2019 yilda ösiş 7,1 foiz), Andijon — 2,2 foiz (+4,5 foiz), Farğona — 1,7 foiz (+1 foiz) viloyatlarida va Toşkent şahrida — 1,2 foiz (+13,2 foiz).

Davlat statistika qömitasining 2000—2020 yillardagi maʼlumotlariga köra, Toşkent va Farğona, Surxondaryo, Qaşqadaryo viloyatlarida aholi jon boşiga umumiy daromad 20 yil içida birinçi bor pasaygan, Xorazm viloyatida — 2003 yildan buyon birinçi bor, Andijon viloyati — 2015 yildan, Sirdaryoda — 2017 yildan beri.

Aholining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma işçilarning va mustaqil ravişda band bölişdan olingan daromadlar) sezilarli uluşni taşkil etmoqda. 2020- yilning yanvar—dekabr oylari maʼlumotlariga köra, mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning umumiy daromadlar tarkibidagi uluşi 69,3 foizni taşkil etgan. Mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning nominal ösiş surʼati 2019 yilning mos davriga nisbatan 115,1 foizni taşkil etdi hamda aholi umumiy daromadlari nominal hajmining 10,5 foizga ösişi taʼminlangan.

Eslatib ötamiz, 2020 yilning aprelida Xalqaro valyuta jamğarmasi iqtisodiy prognozini eʼlon qilgan va unda jahon iqtisodiyotida YAIMning yil oxiriga borib 3 foizga tuşişi mumkinligini bildirgandi. Bu 2009 yildan beri kuzatilgan birinçi retsessiya böladi, 11 yil avval global iqtisodiyot 0,08 foizga qisqargandi.

«2020 yilda dunyo iqtisodiyoti Buyuk tuşkunlik davridan (1929—1933 yillar) buyon kuzatilmagan çuqur retsessiyani boşidan ötkazişining ehtimoli baland», — deya taʼkidlagan edi XVJning boş iqtisodçisi Gita Gopinat.

×