Rossiyada koronavirus infektsiyasiga qarşi vaktsinaning birinçi klinik sinovi 60 nafar köngillida ötkaziladi. Bu haqda “Vektor” virusologiya va biotexnologiya davlat ilmiy markazi boş direktori Rinat Maksyutovaning bayonotiga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.
Boş direktorning sözlariga köra, tadqiqot soğlom kişilarda ötkaziladi va hozirda köngillilarning soni ortib bormoqda.
“Bizga hatto Novosibirsk viloyati va boşqa uzoq mintaqalar aholisidan ham qönğiroqlar bölyapti... Ular tadqiqotda köngilli sifatida iştirok etişni istamoqda”, dedi Maksyutov.
Boş direktorning sözlariga köra, vaktsinani olişni istaganlar orasida preparatning samaradorligi va xavfsizligiga işonadiganlar ham bor.
Maʼlumot örnida, bugunga kelib dunyodagi köplab mamlakatlarda koronavirusga qarşi vaktsina öylab topiş borasida tinimsiz mehnat qilinmoqda. “Bu işlar aql bovar qilmas tezlikda ketmoqda”, deyiladi JSST bayonotida. Maʼlum bölişiça, bugun dunyoning 70 dan ziyod davlatida vaktsina ustida boş qotirmoqda.
Avvalroq, Turkiyadagi Xajettepe (Anqara) universitetining tibbiyot fakulteti professori Ateş Karaning maʼlum qilişiça, koronavirusga qarşi vaktsinaning hayvonlarda ötkazilgan sinovi muvaffaqiyatli keçgani haqida ham maʼlum qilgan edik.
manba: Qalampir.uz









