Tramp imzo çekdi: Oy endi AQŞniki

Tramp imzo çekdi: Oy endi AQŞniki

AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞga Oy zaxiralaridan foydalaniş huquqini beruvçi farmonga imzo çekdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Tegişli qonunçilikka binoan amerikaliklar koinotdagi zaxiralarni tijoriy tadqiq qiliş, qazib oliş va foydalaniş huquqiga ega bölişlari kerak”, - deyilgan hujjatda.

Bundan taşqari, farmonda keltirilişiça, koinot yuridik va jismoniy tomondan inson faoliyati uçun öziga xos hudud hisoblanadi va AQŞ uni umumiy mulk deb hisoblamaydi.

“Koinot yuridik va jismoniy tomondan inson faoliyati uçun öziga xos hudud hisoblanadi, va Amerika Qöşma Ştatlari unga umumiy mulk sifatida qaramaydi”, - deyilgan Oq uy tarqatgan xabarda.Farmonda taʼkidlanişiça, AQŞ bu yönalişda xalqaro kömakka erişmoqçi. Hujjatga köra, Davlat departamenti va boşqa vazirlik va idoralar Oydagi va boşqa samo jismlaridagi zaxiralarni qazib oliş, işlab çiqiş va foydalaniş töğrisidagi ikki tomonlama va köp tomonlama kelişuvlarni tuziş uçun xalqaro darajada muzokaralar ötkazişlari lozim. 180 kun içida davlat kotibi amalga oşirilgan işlar töğrisida hisobot berişi şart.

Oyda va boşqa samo jismlarida davlatlarning faoliyati haqidagi kelişuv BMT boş assambleyasi tomonidan 1979 yilda qabul qilingan. Kelişuvda Oyni tadqiq qiliş va undan foydalanişga butun insoniyat haqli ekani va u dunyo davlatlari manfaati yölida amalga oşirilişi taʼkidlab ötilgan. Oyni tadqiq qiliş bilan şuğullanuvçi davlatlar hamkorlik va özaro yordam tamoyillariga asoslanişi belgilangan.

×