Şahrisabz şahar aholisining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi va xavfsizligini taʼminlaş, fuqarolarning hayoti va soğliğini himoya qiliş maqsadida viloyat maxsus komissiyasi qaroriga köra, joriy yil 10 aprel kuni, tungi soat 00:01 dan boşlab Şahrisabz şahriga kiriş va çiqiş töxtatiladi.
Şaharga kirişdagi çeklovlar yuk taşiş bilan boğliq hollarga, şuningdek, doimiy yaşovçi (röyxatdan ötgan) şaxslarga nisbatan tadbiq etilmaydi.
Şahar içida joriy yil 10 aprel soat 06:00 dan eʼtiboran şu vaqtga qadar maxsus ruxsatnoma (stiker) olgan va avtotransport vositalari harakatlanişiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarning yangilangan röyxati asosida harakatlaniş talab etiladi.
Şahar aholisidan quyidagi karantin qoidalariga jiddiy amal qiliş söraladi:
?? Avtomaşina, mototsikl, skuter va velosipedlarda ham harakatlanişga yöl qöyilmaydi.
? 60 yoşdan oşgan va surunkali kasalligi bor fuqarolarning eng muhim zaruratsiz uyidan çiqişi qatʼiyan taqiqlanadi
? Harorati yuqori fuqarolarning bozorlar va supermarketlarga kirişiga ruxsat berilmaydi
❌ Köça va jamoat joylarida 3 kişidan ortiq odam töplanişi man etilgan (https://kun.uz/news/2020/03/27/zaruratsiz-uydan-tashqariga-chiqish-cheklanadi-respublika-komissiyasi-yangi-karantin-choralarini-elon-qildi). 2 metrlik ijtimoiy masofa saqlaş talab etiladi
Öta zarur hollarda uyidan çiqqan fuqarolar tibbiy niqobda bölişi şart
? Töylar va boşqa oilaviy tadbirlarni ötkaziş mumkin emas.
Karantin qoidalarini buzgan şaxslarga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda çoralar körilişi haqida ogohlantiramiz!
⚡️Barça saʼyi-harakatlarimiz – aholi salomatligi va osoyiştaligi uçun! Uyda qoling!
Ahror Sodiqov, viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari.









