“Özbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyatiga tegişli avtomobilga yoqilği quyiş şoxobçalarida benzin narxi 6500 söm qilib belgilandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, benzin taqçilligini oldini oliş va uning narxlarini arzonlaştiriş borasida “Özbekneftgaz” AJ Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi va “Tovar xomaşyo birjasi” AJ hamkorligida çora-tadbirlar işlab çiqildi.
Natijada “Özbekneftgaz” AJga qaraşli AYOQŞlarda bugun, 17 dekabr kunidan boşlab AI-80 markadagi benzin 6890 sömdan arzonlaştirilib, har bir litri uçun 6500 söm narxda sotuvga çiqarildi.
Respublika hududidagi “Özbekneftgaz” AJning barça AYOQŞlarda benzin şu belgilangan narxda sotilişi taʼminlanadi.









