Urganç şahar Yonğin xavfsizligi boşqarmasiga şahar bolalar şifoxonasiga kuyiş tan jarohati bilan, huşsiz holda 2017 yilda tuğilgan qizça olib kelinganligi haqida maʼlum qilingan, deb xabar beradi YOXBB.
Maʼlum bölişiça, Urganç şahrida yaşovçi D.Ğ. qiz nabirasi bilan Nexia rusumli avtomobilida şu kuni taxminan soat 10:30 larda tumani Çakkaşolikor qişloği «Beşayvon» mahallasida yaşovçi tanişinikiga borib, avtomobilda nabirasini qoldirib, özi tanişining uyiga kirib ketgan.
D.Ğ. taxminan 10 daqiqadan keyin qaytganida avtomobil salonidan quyuq tutun çiqayotganligini körgan. Atrofdagi odamlar yordami bilan yonğinni bartaraf etib, orqa örindiğidan qizçani qutqargan. Söng bolani Urganç şahridagi şifoxonaga olib borgan. Şifoxonada qizça vafot etganligi maʼlum bölgan.
Avtomobilning orqa örindiğining yarim kvadrat metr maydoni yongan. Hodisa yuzasidan suriştiruv işlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. Yonğin sababi aniqlanmoqda.









