Ukrainada Özbekiston fuqarosi bankni portlatib yuboriş bilan tahdid qilgani aytilmoqda

Ukrainada Özbekiston fuqarosi bankni portlatib yuboriş bilan tahdid qilgani aytilmoqda

Ukrainaning huquqni muhofaza qiliş organlari mamlakat poytaxtidagi «Leonardo» biznes markazida joylaşgan bankda xodimni garovga olgan va oyoğiga boylangan bomba yordamida bankni portlatib yuboriş bilan tahdid qilgan şaxs Özbekiston fuqarosi bölişi mumkin, deyilmoqda. Bu haqda mamlakat IIV Anton Geraşenko özining Facebooksahifasida maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, 3 avgust kuni soat 12.00da «Leonardo» biznes markazida joylaşgan «Universal Bank «OAJ vakili politsiyaga qönğiroq qilib, 35 yoşga yetmagan nomaʼlum şaxs bank ofisiga kirib, uning sumkasida bomba borligi va zudlik bilan politsiyani çaqirişni söragan.

Bank xodimlari binoni tark etişgan, ammo bölim boşliği öz xohişi bilan qolgani maʼlum qilindi. Hozirda mamlakat huquqni muhofaza qiliş organlari uşbu şaxs bilan muzokaralar olib bormoqda.

«Dastlabki maʼlumotlarga köra, terrorçilik aktini amalga oşiriş bilan tahdid qilgan şaxs — 1988 yil 25 martda tuğilgan Karimov Suxrob Rahmonoviç, Özbekiston fuqarosidir. Uzining ijtimoiy tarmoqlaridagi postlariga köra, u psixologik xasta şaxs», — deb yozdi Geraşçenko özining Facebook-dagi sahifasida.

Kiyevdagi bankdagi bomba (portlaş) bilan tahdid qilgan hujumçi unga jonli efirga çiqiş va OAV bilan muloqot oboriş uçun imkoniyat berilişini talab qilgan.

×