Özbekiston va Qirğiziston fuqarosi Hindistonda terakt uyuştirmoqçi bölgani aytilmoqda

Özbekiston va Qirğiziston fuqarosi Hindistonda terakt uyuştirmoqçi bölgani aytilmoqda

Özbekiston fuqarosi Aʼzamov Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan qölga olindi. U bilan birga terrorçilik harakatini amalga oşiriş maqsadida Hindistonga kirmoqçi bölgan yana bir qirğizistonlik jangari tayyorgarlikdan ötayotgan bölgan. Bu haqda bugun, 27 avgust kuni “Hindustan Times” gazetasi "tergov maʼlumotlariga" tayanib xabar berdi. 

Naşrning yozişiça, Turkiyadagi guruh öquv maşğulotlarini ötkazib, Hindistonga mahalliy siyosatçilarni öldiriş uçun Özbekiston fuqarosi va ismi oşkor etilmagan Qirğiziston fuqarosini yuborişni rejalaştirgan. Xabarlarga köra, ular Hindistonga Rossiya orqali ötiş niyatida bölgan, biroq Aʼzamov qölga olinganidan keyin ikkinçi jangari Qirğizistonga jönab ketgan. 

Naşrning qayd etişiça, Hindiston xavfsizlik xizmatlari uşbu masala böyiça Rossiya, Özbekiston va Qirğizistondagi hamkasblari bilan aloqada bölib, tergovga qöşiliş uçun ruxsat söramoqda. Hindiston razvedka xizmatlari ham 30 yoşli Aʼzamovni söroq qiliş protokolini kutmoqda – ular rossiyalik hamkasblariga Hindiston hududida terakt tayyorlaş mavzusi böyiça aniq savollar röyxatini yuborgan. 

“Hindustan Times” şuningdek, Iordaniya razvedkasi hindistonlik hamkasblarini "Islomiy davlat" terrorçilik guruhiga Internet orqali ulangan Janubiy Hindistonning Tamilnad ştatilik talaba Mir Anas Ali haqida ogohlantirganini taʼkidlaydi. Uşbu maʼlumotlarga köra, uning "Islomiy davlat"  xodimlari yigitga ismi oşkor etilmagan "muhim şaxsni" öldirişni buyurgan. Talaba 31 iyul kuni Tamilnad politsiyasi tomonidan hibsga olingan va hozirda qamoqda qolmoqda.  

Ötgan duşanba kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Jamoatçilik bilan aloqalar markazi FXX Rossiya Federatsiyasi hududida terrorçilikni sodir etişni rejalaştirgan, Markaziy Osiyo mintaqasida tuğilgan, Hindistonning hukmron doiralari vakillaridan biriga özini portlatiş yöli bilan hujum qilmoqçi bölgan “Islomiy davlat” terrorçilik guruhi aʼzosini aniqlab, qölga olgani haqida xabar berdi. Hibsga olingan şaxs Muhammad (s.a.v.) payğambarni haqorat qilgani uçun Hindistonda jinoyat tayyorlayotganini tan olgan.

Hukmron Bharatiya Janata partiyasi matbuot kotibi Nupur Şarma iyun oyida milliy televideniyeda bölib ötgan munozara çoğida Muhammad (s.a.v.) payğambar haqida köplab musulmonlar tomonidan haqoratomuz sifatida körilgan bir neça sözlarni aytgan. Uning sözlari Hindistonda va bir qator musulmon davlatlarida norozilik uyğotgan. Keyin Nyu-Dehli va mamlakatning boşqa şaharlarida ommaviy norozilik namoyişlari bölib ötdi. Bir neça kişi halok böldi. Natijada Şarma işdan çetlaştirildi. 

Manba: Qalampir.Uz

×