Qança oyoq, qöl, boş uçib ketişi kerak? – Zelenskiy AQŞdan Ukraina uzra parvozni taqiqlaşni sörayapti

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqi va AQŞning mamlakat osmonini yopiş töğrisida qaror qabul qilişiga umid bildirib, ularga bu borada muddat belgilaşni taklif qildi.

Agar buning iloji bölmasa, Zelenskiy Kiyevga harbiy samolyotlar berişni söradi.

“Men sizdan osmonni yopişingizni iltimos qilaman, agar osmonni yopişga kuçingiz, qudratingiz yetmasa, menga samolyotlar bering. Yoki bu adolatsizlikmi?”, degan Vladimir Zelenskiy xorijiy OAVga bergan intervyusida.

Ukraina Prezidenti Ğarbdagi şeriklaridan mamlakat osmonini yopiş böyiça muhlat berişni ham söragan.

“Agar hozir osmonni yopa olmasangiz, muddatni belgilang. Agar buni hozir qila olmasangiz, ayting-çi, sizga yetib boriş uçun qança odam portlaşi, qança qöl, oyoq, boş uçib ketişi kerak? Qançaligini ayting, men borib hisoblab, şu daqiqani kutaman”, degan Zelenskiy.

Uning fikriça, Ukrainani harbiy aviatsiya bilan taʼminlaş qarori AQŞ va Polşaga boğliq.

“Bizga samolyotlar kerak, bu muammoni hal qiliş bugun Polşa va AQŞda. Men ularni ayblamayman, çunki ular juda köp yordam qilişyapti va men minnatdorman. Kim köproq yordam qila olişini bilmayman”, deya Zelenskiy.

Zelenskiy harbiy aviatsiyasiz Ukraina katta yöqotişlarga uçraganini tan olgan.

Qayd etiş kerakki, Zelenskiy birinçi marta Ukraina osmonini harbiy samolyotlar uçun yopişni sörab AQŞga murojaat qildi. Biroq Vaşington ham, uning ittifoqiçilari ham bu Rossiya bilan keng kölamli uruşga olib kelişidan hadiksiramoqda.

AQŞ Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning sözlariga köra, Ukraina uzra uçiş taqiqlangan hudud taşkil qiliş Rossiya bilan uruşga sabab bölişi mumkin.

“AQŞ Prezidenti Jo Bayden Amerika qöşinlari Ukrainada Rossiyaga qarşi jang qilmasligini aniq aytdi. Uçiş taqiqlangan hududni taşkil qilgaç, uni saqlab qoliş Rossiya samolyotlari bilan töqnaşişni talab qiladi. Bu bizga Rossiya bilan uruş xavfini keltirib çiqaradi”, degan Ostin.

×