Şu yil 13 iyun kuni Toşkent şahar, Yunusobod tumanida yaşovçi fuqaro M.A. Içki işlar vazirligi portaliga ariza bilan murojaat qilgan. Uning daʼvosiga köra, 12 iyun kuni soat 19:00larda Telegram messenjeridan «Uydagi_Yulduzlar» @Fan club Miz #Uyda QOLING» (@fan_club_miz) deb nomlangan kanalga kirgan va uşbu kanalga joylangan NET NOMER ANIQLOVCHI.APK faylni yuklab olganidan söng uyali telefoni «blok» holatiga tuşib qolgan.
IIV Tezkor-qidiruv hamkorligi boşqarmasining maʼlum qilişiça, şundan söng qurilmani «blok» holatidan oçiş uçun +99890-200-xx-xx abonent raqamiga «Paynet» tölov tizimi orqali 10.000 söm pul mablağlari tuşirilişi haqida xabar keladi. Arizaçi uşbu pul mablağlarini ötkazganidan keyin ham telefon apparati «blok» holatidan çiqmaganligini maʼlum qilib, mazkur dasturni tarqatgan şaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Mazkur holat yuzasidan IIV Tezkor-qidiruv hamkorligi boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan dastlabki tergov oldi tekşiruv harakatlari davomida fuqaro M.A. «HUAWEI TAG-L21» smartfoni tekşirib köriş uçun olinib, undagi dastur köçirib olingan va tekşirib köriş uçun «Kiberxavfsizlik markazi» davlat unitar korxonasiga taqdim qilingan.

«Kiberxavfsizlik markazi» davlat unitar korxonasining dasturiy texnik ekspertiza xulosasiga köra, uşbu telefon apparati Telegram messenjeridagi «Uydagi_Yulduzlar» @Fan club Miz # Uyda QOLING» (@fan_club_miz) nomli kanalda tarqatilgan NET NOMER ANIQLOVCHI.APK dasturi zarar keltiruvçi virusli dastur ekanligi körsatib ötilgan.

Olib borilgan suriştiruv işlari natijasida, Telegram messenjeridagi «Uydagi_Yulduzlar» @Fan club Miz # Uyda QOLING» (@fan_club_miz) nomli kanal Namangan viloyati, Töraqörğon tumanida yaşovçi, hozirda Namangan madaniyat ixtisoslaştirilgan maktabi öquvçisi, 2001 yilda tuğilgan fuqaro M.J.ga tegişli ekanligi aniqlandi.
4 iyul kuni Namangan viloyati, Töraqörğon tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan fuqaro M.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-6-moddasi 1-qismi (Zarar keltiruvçi dasturlarni yaratiş, işlatiş yoki tarqatiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Sof.uz xabarida.

Maʼlumot uçun: Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-6-moddasida (Zarar keltiruvçi dasturlarni yaratiş, işlatiş yoki tarqatiş) uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan









