Namangan viloyat Transport boşqarmasi ogohlantiradi

Namangan viloyat Transport boşqarmasi ogohlantiradi

“Hurmatli haydovçilar va yölovçilar bugungi kunda butun dunyoda va qolaversa, respublikamizda koronavirus pandemiyasining kirib kelişi va tarqatilişini oldini oliş maqsadida yengil avtomobil transportida viloyatlararo yölovçi taşiş qatʼiyan taqiqlanadi”.

Barçangizga maʼlumki bir neça kun içida Toşkent şahrida aholi orasida yuzlab kasallaniş holatlari qayd etildi. Şu sababli sizlarning salomatligingizni öylagan holda viloyatlararo taksilar qatnoviga qatiy çeklov qöyildi.

Toşkent şahriga boriş istagida bölgan yölovçilar uçun Namangan temiryöl vokzalida Toşkent va boşqa yönalişlardagi poyezdlar qatnovi yölga qöyildi. Vokzalda karantin şaroitidagi barça zarur ehtiyot çoralari körilgan holda çipta xarid qiliş uçun yölovçilarning tana harorati ölçanmoqda va dezinfektsiya vositalari qöllanilmoqda. Vokzalda yölovçilar poyezd vagonlariga ham masofani saqlagan holatda joylaştirilib, ularni tibbiy himoya niqoblari va qölqoplarda bölişi nazoratga olinib vagonlarga çiqarilmoqda. Özingizni soğligingizga va atroflariga salomatligiga befarq bölmang ogox böling!

Toşkent şahriga boriş istagida bölganla uçun haftaning har kuni ikki marta qatnovlar yölga qöyilgan bölib, “Pop-Toşkent” yönalişida ertalab soat 08-40 va keçki soat 17-50 da yurişini maʼlum qilamiz.

Çiptalar siz uçun qulay narxlarda belgilangan bölib, Sizlarga oq yöl tilaymiz, safaringiz bexatar bölsin! 

×