30 yanvar kuni soat 11:40 da «Yangi Angren» issiqlik elektr stantsiyasida elektr energiyasini işlab çiqarişga möljallangan 4-çi sonli energoblokda nosozlik yuzaga kelişi natijasida 170 megavatt quvvat bilan töxtatildi.
Şu vaqtda qozon agregatining tom qismida yonğin yuzaga kelib stantsiyaning tezkor hodimlari tomonidan birlamçi öt öçiriş vositalari qöllanildi va öt öçiriş brigadasi jalb qilindi. Soat 14:00 da yonğin bartaraf etildi. Energetika vazirligi matbuot xizmatiga köra, jabrlanganlar mavjud emas.
Ayni paytda energoblok taʼmirga çiqarildi va nosozlikni bartaraf etiş çoralari körilmoqda. Mazkur holatni örganiş yuzasidan maxsus komissiya taşkil qilindi.
Ayni paytda mazkur stantsiyaning 3 ta energobloki jami 580 MVt quvvat bilan işlamoqda.
Yonğin sabab ayrim hududlarda elektr taʼminotida uzilişlar kuzatilmoqda. Taʼmirlaş işlari qisqa fursatlarda yakunlanib, elektr energiyasi taʼminoti yaxşilanişi taʼminlanadi.









