Şavkat Mirziyov akademik Sattor Tursunmuhamedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Şavkat Mirziyov akademik Sattor Tursunmuhamedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Şavkat Mirziyov akademik Sattor Tursunmuhamedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

"Özbekiston ilm-fani oğir judolikka uçradi.

Ijtimoiy falsafa va sotsiologiya sohasidagi taniqli olim, Özbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Sattor Tursunmuhamedov şu yil 21 iyul kuni 91 yoşida vafot etdi.

S.Tursunmuhamedov 1929 yil 11 yanvarda Qozoğiston Respublikasining Çimkent viloyatiga qaraşli Turkiston şahrida tuğildi. 1952 yili Örta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ni tugatib, uşbu universitet aspiranturasida tahsil oldi. Dastlab nomzodlik, keyinçalik doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ilm-fan sohasidagi köp yillik xizmatlari uçun 2000 yilda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib saylandi.
Öz mehnat faoliyatini 1955 yili Toşkent moliya-iqtisod institutida katta öqituvçi sifatida boşlagan isteʼdodli olim qariyb 65 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Toşkent xalq xöjaligi instituti (hozirgi Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti) dotsenti, professori, kafedra mudiri, Respublika ijtimoiy fanlar öqituvçilari malakasini oşiriş instituti direktori, Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Toşkent davlat pedagogika universiteti) rektori, Respublika yuqori malakali pedagoglar tayyorlaş instituti direktori, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kafedra mudiri kabi lavozimlarda samarali mehnat qilib, mamlakatimizda ilm-fan va taʼlim sohalarini rivojlantiriş, yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaşga munosib hissa qöşdi.

Zahmatkaş olimning ijtimoiy falsafa va sotsiologiya sohasining nazariy va amaliy masalalariga bağişlangan maqola va tadqiqotlari, monografiya va risolalari yurtimiz olimlari va mutaxassislariga yaxşi maʼlum.

Jonkuyar ustoz sifatida köplab yoşlarga taʼlim-tarbiya bergan ilm-fan fidoyisining bevosita rahbarligida önlab fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlangan.
Akademik S.Tursunmuhamedovning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantiriş borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi” faxriy unvoniga sazovor bölgan edi.

Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Sattor Tursunmuhamedovning xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi.

Ş.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov,

A.Aripov, B.Yöldoşev"

×