Koronavirusdan vafot etganlar 90 nafarga yetdi

Koronavirusdan vafot etganlar 90 nafarga yetdi

Özbekistonda koronavirusdan navbatdagi ikki ölim qayd etildi. Şu tariqa rasmiy eʼlon qilingan ölim holatlari 90 taga yetdi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.

Toşkent şahar Yunusobod tumanida yaşovçi 51 yoşli V.T. (erkak)da joriy yil 5 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasiga yotqizilgan. 

Unga “COVID-19” infektsiyasi, ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilgan. Xastalik sepsis, ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligi, poliorgan yetişmovçilik kabi asoratlar bilan keçgan. Şuningdek, bemor yurak işemik kasalligi, zöriqiş stenokardiyasi hamroh kasalliklari bilan ham oğrigan.

Şifoxonada bemorning davolanişi davomida şifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolaş jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq şifokorlar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin oğirlaşib, ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etgan.

Yana bir bemor, Toşkent şahar Uçtepa tumanida yaşagan 42 yoşli S.S. (erkak)da joriy yil 17 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u öta oğir ahvolda Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasi reanimatsiya bölimiga yotqizilgan va sunʼiy nafas beriş apparatiga ötkazilgan.

Unga “COVID-19” infektsiyasining öta oğir keçişi, ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilgan. Bemorda kasallik sepsis, ötkir nafas yetişmovçiligining 4-darajasi, ötkir yurak qon-tomir yetişmovçiligi, poliorgan yetişmovçilik kabi asoratlar bilan keçgan.

Şuningdek, u yurak işemik kasalligi, stabil zöriqiş stenokardiyasi, qandli diabetning dekompensatsiya bosqiçi kabi hamroh xastaliklar bilan ham oğrigan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar ötkazilgan, davolaş jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Biroq hamroh kasalliklar fonida kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin oğirlaşib, şifokorlar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan u ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etgan.

×