Namanganda aroqdan zaharlanib vafot etganlar soni 6 kişiga yetdi

Namanganda aroqdan zaharlanib vafot etganlar soni 6 kişiga yetdi

Namanganda yana 1 kişi Qirğiziston aroğidan zaharlanib, vafot etdi jami aroqdan zaharlanib vafot etganlar soni 6 kişiga yetdi, 2 kişi qamaldi.

Dastlabki xabarda jami 12 kişi zaharlanib, ulardan ikki nafari halok bölgani maʼlum qilingandi. Keyin yana 3 kişi vafot etgani maʼlum bölgandi. Sönggi maʼlumotlarga köra, yana 1 kişi vafot etgan, jami 13 kişi zaharlangan. Jabrlanuvçilarning 6 nafariga şifoxonadan uyiga javob berilgan. Yana bir kişi reanimatsiya bölimida qolmoqda.

Holat yuzasidan ikki şaxs tergovga jalb etilgan: sotuvçi A.S. (erkak) qamoqqa olingan, yetkazib beruvçi N.A. (ayol)ga nisbatan uy qamoği ehtiyot çorasi qöllangan.

Jabrlanuvçilar 29–31 dekabr kunlari, Qirğiziston Respublikasi aktsiz markasi yopiştirilgan «Gradusnik» nomli spirtli içimlik isteʼmol qilgan.

×