Koronavirus pandemiyasi sabab taşqi bozorda yuzaga kelgan beqaror vaziyat Özbekistonning tabiiy gaz eksportiga jiddiy taʼsir ötkazdi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev rahbarligida ötkazilgan yiğilişda aytib ötildi.
“Özbekiston 24” lavhasida taʼkidlanişiça, yiğilişda Özbekistonning Xitoyga tabiiy gaz eksporti 3 baravar kamaygani, Rossiyaga esa umuman sotmay qöyilgani taʼkidlandi.
“Pandemiya vaqtida tabiiy gaz eksporti keskin qisqarganini hisobga olib, yangi-yangi loyihalarni amalga oşirişimiz kerak. Xomaşyo resurslarimizni çuqur qayta işlaşda juda katta kamçilikka yöl qöyyapmiz”, dedi Prezident.
Şuningdek, katta loyihalar bilan bir qatorda import örnini bosuvçi mahsulot işlab çiqarişga yönaltirilgan kiçik loyihalarni ham amaoga oşiriş zarurligi köşimça qilindi.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev videoaloqa orqali neft-gaz kimyosi, elektr texnikasi va farmatsevtika sanoatidagi yangi loyihalar bilan tanişdi. Şuningdek, Prezident tarmoqlarni rivojlantiriş işlari böyiça hisobotlarni eşitdi.









