Mazkur holatga Namangan viloyati içki işlar boşqarmasi Axborot xizmati quyidagiça munosabat bildiradi. Özbekiston Respublikasiga koronavirus infektsiyasi tarqalişining oldini oliş borasida körilayotgan çora-tadbirlar hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligini taʼminlaş uçun qilinişi lozim bölgan qöşimça çoralar töğrisidagi respublika maxsus komissiyasining tezkor yiğiliş bayoniga köra 2020 yil 10 iyuldan 1 avgustga qadar respublikamizda kuçaytirilgan holatda karantin tartibi yölga qöyildi.
Barçangizni karantin qoidalariga töla amal qilişingizni söragan holda 10 iyuldan boşlab viloyatlar aro kiriş hamda çiqiş töla töxtatilgan.
Şundan kelib çiqqan holda Namangan şahrining içki köçalarida Içki işlar organlari xodimlari, profilaktika inspektorlari, Milliy gvardiya tomonidan reyd tadbirlari olib borilib, transport vositalarining harakatlanişga ruxsat berilganligi töğrisida maxsus ruxsatnoma stikerlari tekşirilmoqda.
Bu holatlarning barçasi aholi örtasida kasallikning avj olişiga yöl qöymaslik maqsadida amalga oşirilmoqda. Namangan şahri fuqarolaridan vaziyatni töğri baholab, karantin qoidalariga qatiy rioya qilişlarini sörab qolamiz.









