Ijtimoiy tarmoqlarda kötarilgan şov-şuvli "snos" masalasi — Aslida nima bölgan edi?..

Ijtimoiy tarmoqlarda kötarilgan şov-şuvli "snos" masalasi — Aslida nima bölgan edi?..

Buzilişga tuşgan uy-joyi uçun yer maydoni va kompensatsiya mablaği olgan fuqaro yana nimadan norozi?
Sariosiyo tumani hokimligi fuqaro Donayeva Xolbibining mulkiy huquqlari buzilganidan norozi bölib, ijtimoiy tarmoqlar orqali 2020 yilning 8 fevral kuni eʼlon qilgan “Surxondaryo viloyatida yana snos işlari davom etmoqda” sarlavhali video murojaati yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Unda jumladan şunday deyiladi:
1.Donayeva Xolbibiga tegişli turar-joy binosi va piyoz ekin maydoni buzilmaganligi töğrisida:
Sariosiyo tumani hokimining 11.02.2019 yildagi 740-sonli qarori bilan “Uzşaharsozlik LITI” DUK Surxondaryo viloyat filiali tomonidan işlab çiqilgan “Sariosiyo şaharçasi markaziy qismining batafsil rejalaştiriş loyihasi” maʼqullangan.
Şunga köra, Donayeva Xolbibi 06.04.2019 yilda Sariosiyo tumani hokimi nomiga ariza bilan murojaat qilib, özining arizasida unga tegişli “Lutfikor” (sobiq “Yangi turmuş”) mahallasida yer uçastkasi tuman Boş rejasiga asosan kökalamzorlaştiriş körsatilganligi sababli, yakka tartibda uy-joy qurilişi uçun 0,10 sotix yer maydoni ajratilişini söragan.
Sariosiyo tumani hokimining 10.04.2019 yildagi 2116-sonli qarori bilan fuqaro Donayeva Xolbibiga tumanning “Gulobod” mahallasi, Çorboğ qişloği hududidagi 7q-dala konturidan yakka tartibda uy-joy quriş uçun 1000 kv.m yer maydoni ajratiş belgilangan.
Ammo tuman hokimining mazkur qarori Özbekiston Respublikasi Yer kodeksining 45-moddasi (alohida qimmatga ega bölgan unumdor suğoriladigan yerlar) talabiga zid ravişda qabul qilingani aniqlangani tufayli 31.10.2019 yil uni bekor qiliş haqida Sariosiyo tumani prokurori tomonidan protest keltirilgan.
Şunga muvofiq tuman hokimining 06.11.2019 yildagi 6226-sonli qarori bilan 10.04.2019 yilgi 2116-sonli qarori bekor qilinib, prokuror protesti qanoatlantirilgan. Donayeva Xolbibiga qişloq xöjaligida foydalanilmaydigan yer maydoni taklif etilgan.
Örganiş davomida Donayeva Xolbibiga tegişli turar-joy binosi va piyoz ekin maydoni buzilmagani, biroq, hozir qonunga zid ravişda ajratilgan yer maydonida qurilgan uşbu turar-joy masalasida sudga daʼvo arizasi tayyorlanayotgani, sud qarori asosida bu masalaga oydinlik kiritilişi aniqlandi. 
Işçi guruh aʼzolarining 2020 yil 8 fevral kuni Sariosiyo tumani, “Gulobod” mahallasi, “Çorboğ” qişloğiga kelişidan közlangan maqsad esa 7q-konturdagi 1.20 gektar suvli yer maydonida qurilgan bino-inşootlarning qonuniyligini aniqlaş, şuningdek, dehqon xöjaligini taşkil etiş uçun ajratilgan yer maydonlaridan fuqarolarning özboşimçalik bilan qurgan va keyinçalik buzib olgan qurilişlari qoldiqlarini daladan çiqartiriş bölgan.
2.Fuqaro Donayeva Xolbibiga tegişli bölgan Sariosiyo tumani, Şarğun şahar, Feruz mahallasi, Şaxtyorlar köçasi hududida joylaşgan uy-joy masalasida:
Fuqaro Donayeva Xolbibiga tegişli bölgan Sariosiyo tumani, Şarğun şahar, Feruz mahallasi, Şaxtyorlar köçasi hududida joylaşgan 45-sonli uy-joy Şarğun şahrida olib borilgan quriliş işlari davomida ötkazilişi lozim bölgan yöl hududida joylaşganligi sababli buzilişga tuşgan.
Uşbu uy-joy örniga Sariosiyo tumani hokimining 13.07.2019 yildagi 4116-sonli qarori bilan fuqaro Donayeva Xolbibiga yakka tartibda uy-joy quriş uçun Sariosiyo tumani, Şarğun şahar, Feruz mahallasi, Hurriyat köçasi hududidan 400 kv.m yer maydoni ajratilgan. 150 mln. 261 ming 090 söm kompensatsiya tölovi naqd pul şaklida tölab berilgan.
Mazkur manzilda fuqaro Donayeva Xolbibi tomonidan 15,75 kv.m hajmda 1 xonali turar joy va 4,00 kv.m. hojatxona imoratlari qurilgan bölib, Sariosiyo tumani hokimining 28.09.2019 yildagi 6065-sonli qarori bilan Donayeva Xolbibi Ergaşevnaning turar-joyga egalik va mulk huquqi eʼtirof etilgan.
Hozirgi vaqtda uşbu qaror va boşqa hujjatlar qonuniy tusga ega hisoblanadi.
3. Fuqaro X.Donayevaning onasi Donayeva Tursunoyning uy-joyi mavjudligi masalasida:
Şarğun şahar hokimining 29.06.1993 yildagi 78/51-sonli qarori bilan Şarğun şahar, Şaxtyor köçasidagi 45-uy, 9-xonadon (2 xonadan iborat, umumiy maydoni 66,5 kv.m) turar-joy fuqaro Donayeva Tursunoyning şaxsiy mulki ekani tasdiqlandi. Mazkur manzilda heç kim yaşamayotgani maʼlum böldi.

Manba: Uza.uz

×