Nurmat Otabekov immunitetni kötarib, virusdan saqlanişning arzon xalqona usullarini tavsiya qildi

Nurmat Otabekov immunitetni kötarib, virusdan saqlanişning arzon xalqona usullarini tavsiya qildi

Kun.uz Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boşliği Nurmat Otabekov bilan telefon orqali intervyu taşkil etib, ayni kunlarda dolzarb bölib turgan bir qator savollarga javob oldi.

Intervyu davomida Nurmat Otabekov fuqarolar özini kasallikdan himoyalaşi uçun sanitar-gigiyenik qoidalardan taşqari yana qanday çoralar köriş lozimligi hamda bu borada isteʼmol qilinişi kerak bölgan mahsulotlar, ovqatlaniş qoidalari va boşqa kerakli vositalar haqida töxtalib ötdi.

«Albatta, dori-darmon haqida gap ketganda fuqaro kasallik yuqtiradigan bölsa, öz hududidagi şifokordan maslahat olişi kerak. Öşa şifokor biladi bemordagi haqiqiy holatni. Har bir şaxs alohida individ.

Lekin biz aniq bilamiz, aytganingizdek, ehtiyot çoralari haqida şunçalik köp gapirdikki, uni odamlar yodlab oldi. Endilikda biz immunitetni kötaradigan, inson immun tizimini barqaror uşlaydigan vositalar haqida köproq maʼlumot berişimiz kerak.

Biz bu borada tajribamizdan aniq bilamizki, inson öz immunitetini mustahkamlaşi uçun töyib uxlaşi, yaxşi dam oliş, xotirani jamlaşi, ortiqça asabiylaşmaslik, töyib ovqat yeyişi (meʼyorni buzmagan holda) va jismoniy maşqlar bilan şuğullanişi hamda zararli odatlardan (içkilik, çekiş va h.k.) voz keçiş kerak», – dedi Otabekov.

Mutaxassis turli giyohlardan damlamalar tayyorlab içişni ham alohida qayd etib ötdi.

«Özbekiston şaroitidagi damlamalar, yaʼni u peşob haydaydiganidan tortib öt suyuqligini haydaydigan, oşqozon içak tizimini yaxşilovçi, ovqat-hazm qiliş jarayoniga ijobiy taʼsir qiladigan, qöyingki, har bir kasallikda davo hisoblanadi.

Giyohlardan tayyorlangan damlamalarni, turli mevalarni köproq isteʼmol qiliş lozim. Bularning barçasi bizning immun tizimimizga ijobiy taʼsir qiladi. Bir narsani eʼtibordan çetda qoldiriş kerak emas, bizda turli giyohlardan tayyorlangan va juda arzon narxda sotiladigan damlama va dori vositalari köp.

Ahamiyat beradigan bölsak, ösimliklardan tayyorlangan vositalar bizning amaliyotimizda keskin kamayib ketgan. Biz asosan kimyoviy yöl bilan olingan dorilarni qabul qilyapmiz. Bu juda zararli. Borib-borib qaysidir organlarimizga albatta zarar yetkazadi.

Şunday ekan, biz turli ösimliklar: naʼmatakdan tortib, kiyik öti, makkajöxori tuklari, romaşka guli va ayniqsa toğda ösadigan dorivor ösimliklarni isteʼmol qilişni kanda qilmasligimiz kerak. Imkon qadar kimyoviy dori vositalardan foydalanmaylik.

Insonning hatto içadigan suyuqliklari tarkibida ham damlamalar bölişi kerak.

Tabiat neʼmatlaridan uzoqlaşmaslik kerak. Masalan, isiriq ösimligining ham foydasi juda katta.

Bundan taşqari, oddiy yonğoqni oling, u miya töqimalari faoliyatini yaxşilaydi. Örik va uning turşagi yurakka darmon», – dedi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boşliği.

×