Nurmat Otabekov: «Bu ketişda karantin tadbirlari yanada murakkablaşişi tayin»

Nurmat Otabekov: «Bu ketişda karantin tadbirlari yanada murakkablaşişi tayin»

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boşliği, Respublika boş davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirus bilan boğliq vaziyat haqida quyidagilarni maʼlum qildi:

– Mamlakatimizda koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar soni 3180 nafarga yetdi. Ulardan 2565 nafari, yaʼni 81 foizi töliq soğaygan. Soğliqni saqlaş vazirligi taqdim etgan maʼlumotga köra, hozirda mamlakat şifoxonalarida 602 bemor davolanmoqda, 3 nafarining ahvoli oğir.

Karantin tadbirlari davom etyapti. 44 mingdan köproq fuqaro karantin muddatlarini ötayapti. Ularning 18 mingdan ziyodi statsionar şaroitdagi karantin tadbirlari bilan qamrab olingan. 

Koronavirus bilan boğliq vaziyat bir munça murakkab bölib turibdi. Kuni keça qayd etilgan 49 bemorning 36 nafari aholi orasidan aniqlangan. Aniqroq qilib aytadigan bölsak, uşbu fuqarolar oramizda yurgan hamyurtlarimiz bölgan. Bundan körinib turibdiki, atrofimizda koronavirus infektsiyalari mavjud bölişi heç gap emas. Köçaga çiqişdan oldin jiddiy öylab köring, karantin tadbirlariga rioya qiling. Aks holda kasallikni yuqtirib olişingiz va oila aʼzolaringizga xavf tuğdirişingiz mumkin. Har biringiz masʼuliyatni töliq his eting. Mabodo, vaziyat bu ketişda davom etadigan bölsa, karantin tadbirlari yanada murakkablaşib ketişi tayin. Buni zinhor unutmang!

×