Nurmat Otabekov: «Vaziyat yana murakkablaşişi ehtimoli yöq emas»

Nurmat Otabekov: «Vaziyat yana murakkablaşişi ehtimoli yöq emas»

Bugun AOKA press-xolida Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi aʼzosi Nurmat Otabekov iştirokida brifing ötkazildi. Unda respublikamizda koronavirus böyiça vaziyatning yana murakkablaşiş ehtimoli haqida söraldi.

– Albatta bu ehtimol yöq emas. Men mutaxassis sifatida hozirgi holatni «Aldamçi barqarorlik, aldamçi osoyiştalik» deb baholagan bölardim. Demak, biz huşyor bölişimiz kerak. Agar salomatligimizga befarq bölmasak, kasallikning biron-bir klinik belgilarini sezgan zahoti tibbiyot xodimlariga murojaat qilsak, özboşimça davolanişga urinmasak, uy şaroitida davolaniş va karantinda böliş qoidalariga rioya qilsak, u holda vaziyatni barqaror uşlab turişimiz mumkin.

Aks holda epidemik vaziyat yanada murakkablaşişi mumkin. Kuz-qiş payti virusli, respirator kasalliklarning mavsumiy kötariliş davri hisoblanadi. Bu esa zimmamizdagi masʼuliyatni yanada oşiriş kerak deb öylayman, – dedi Nurmat Otabekov.

×