IMEI kodlarini röyxatdan ötkaziş uçun nimalarni biliş zarur?

IMEI kodlarini röyxatdan ötkaziş uçun nimalarni biliş zarur?

Joriy yilning 17 sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan Özbekiston hududida foydalanilayotgan, sotiş yoki şaxsiy foydalaniş uçun olib kirilayotgan hamda işlab çiqarilayotgan mobil uskunalarni röyxatdan ötkaziş tartibi tasdiqlandi.

IMEI orqali uskunalarni röyxatdan ötkaziş tizimi aprel oyidan işga tuşirildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fikr va izohlarga qaraganda, Özbekiston aholisining köpçiligi uçun IMEI kodini röyxatdan ötkaziş tartibi noaniqligiça qolmoqda, deb yozmoqda Toşkent şahar hokimligi.

Jismoniy şaxslar uçun röyxatdan ötkaziş avtomatik ravişda amalga oşiriladi

Hozirda barça mobil uskunalar mobil aloqa operatorlarining tarmoqlariga ulaniş orqali bepul, avtomatik ravişda röyxatdan ötkazilmoqda. Röyxatdan ötkaziş bilan boğliq 1 dekabrdan kuçga kiradigan yangiliklar faqat importyorlar va işlab çiqaruvçilarga tegişli. Jismoniy şaxslar uçun heç narsa özgarmaydi.

Hozirgi kunda Özbekiston fuqarolari foydalanayotgan va roumingdagi uskunalar avtomatik ravişda röyxatga olingan hamda qayta röyxatga olinişi şart emas. 1 dekabrdan boşlab Özbekistonga yangi telefonlarni olib kirayotgan tadbirkorlar röyxatdan ötkaziş uçun mustaqil ravişda tölov kiritadilar. Avval foydalanilgan yoki yangi telefon sotib olayotgan jismoniy şaxslar xarid oldidan faqat IMEI kodining röyxatga olinganligini aniqlaşlari va uning maqomini www.uzimei.uz sayti orqali tekşirib olişlari kerak böladi. Taʼkidlaş lozimki, IMEI kodining röyxatga olinişi uning egasining ismiga boğliq bölmasligi sababli, telefon sotilişida heç qanday muammo tuğilmaydi. Yaʼni uşbu yangilik foydalanilgan uskunalarning oldi-sotdisiga heç qanday taʼsir körsatmaydi. Biroq, yangi telefon xarid qilinişidagi kabi, foydalanilgan telefon xaridida ham xaridorlar IMEI kodining röyxatga olinganligini aniqlaşlari va uning maqomini tekşirib olişlari lozim. Agar telefon röyxatdan ötkazilmagan bölsa, 30 kun içida öçiriladi. Kunlar hisobi telefonning ilk bora tarmoqqa ulangan vaqtdan boşlanadi. Bunday holda jismoniy şaxs telefonni mustaqil ravişda röyxatdan ötkaza olmaydi. Taʼkidlaş lozimki, aloqa operatorini özgartirişda ham heç qanday qöşimça harakatlar talab etilmaydi.

Uşbu yangilikning mohiyati

Qarorda keltirilişiça, uşbu özgarişning sababi mobil uskunalar foydalanuvçilarining huquqlarini himoya qiliş, uskunalardan noqonuniy foydalanişning va sifatsiz uskunalar sotilişining oldini olişdan iborat.

Qarorga muvofiq, tizim operatori mobil aloqa operatoridan zarur texnik axborotlarni, şu jumladan, uskuna işlaşi, tarmoqdagi faolligi, real vaqt rejimida amalga oşirilgan operatsiyalar haqidagi axborotlarni oliş uçun sörov berişi mumkin.

Hujjatda keltirilgan maʼlumotlarga köra: “Davlatning, huquqni muhofaza qiliş organlarining xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini taʼminlaş hamda öta muhim ijtimoiy-siyosiy çora-tadbirlarni ötkazişda Tizim operatori huquqni muhofaza qiliş organlarining sörovi böyiça mobil qurilmalar işini majburiy töxtatib turiş va qayta tiklaşni amalga oşiradi”.

Çet eldan buyurtma qilingan telefonni qanday röyxatdan ötkaziş lozim?

Agar jismoniy şaxs telefonni xorijiy davlatdan buyurtma qilib keltirsa, telefon egasi mustaqil ravişda uni röyxatdan ötkazadi va tölov kiritadi. Buning uçun aloqa poçta bölimi yoki Uzimei ofisiga şaxsan borişi talab etiladi. Özi bilan telefon, pasport va poçta identifikatorining ştrix kodi va kalendar ştempeli bölgan konvert taqdim etilgan holda amalga oşiriladi. Anketani körib çiqiş va röyxatdan ötkaziş uç iş soatida amalga oşiriladi, qöşimça 1 soat tölov uçun hisob çiqiş, yana bir soat IMEI kodning “oq” röyxatga kiritilişi va röyxatga oliş yakuniga yetganligi haqida xabarnoma uçun kerak böladi.

Çet el fuqarolari uçun tartib qanday?

Çet el fuqarosining mahalliy mobil aloqa operatorining SIM-kartasi örnatilgan mobil qurilmasi dastlabki muvaffaqiyatli tarmoq hodisasidan 30 kalendar kuni davomida röyxatga olinmasdan foydalanişi mumkin va körsatilgan muddat tugaganidan keyin röyxatga olinmaganda sayyoh mobil aloqa xizmatlaridan foydalaniş çeklanişi töğrisida xabardor qilinadi. Özbekiston Respublikasi hududida 30 kalendar kundan ortiq bölgan Özbekiston Respublikasi norezidentlari mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini Özbekiston Respublikasi fuqarolari — jismoniy şaxslar uçun mobil qurilmalarning IMEI kodlarini röyxatga oliş tartibiga muvofiq tizim operatori yoki röyxatga oluvçisiga özi kelib murojaat etiş orqali röyxatdan ötkazişlari zarur. Bunda çet el fuqarolari uçun tölov hozirda 202730.0 söm bölgan BHM ning 20 foizini taşkil qiladi. Çet el fuqarosi uçun pasport va mobil qurilma yetarli, ştrix-kodli konvert zarur emas.

Importyor va işlab çiqaruvçilar uçun maʼlumot:

1 noyabrdan boşlab işlab çiqaruvçilar va importyorlar operator yoki tizim röyxatga oluvçisiga murojaat qilişlari mumkin. 1 dekabrdan esa uşbu xizmat pullik böladi.

Importyor yoki işlab çiqaruvçi qurilma IMEI-kodini qanday qilib röyxatdan ötkazadi?

Importyor va işlab çiqaruvçilar uçun röyxatga oliş jarayoni avtomatik bölmaydi. Ular tizim operatoriga şaxsan kelişlari yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali röyxatdan ötkazişlari lozim. Batafsil maʼlumotni 1170 telefoni orqali oliş mumkin.

Röyxatga oliş xarajati qanday?

1 dekabrdan IMEI kodlarini röyxatga oliş pullik böladi. Importyor har bir qurilma uçun 25 ming söm, mahalliy işlab çiqaruvçi 20 ming söm tölaydi. Mustaqil ravişda röyxatdan ötkazuvçi jismoniy şaxs ham 20 ming söm tölaydi, biroq hujjatlar töliq taqdim etilmasa, bojxona qiymatidan 100 foiz tölov kiritişi şart böladi. Importyor va işlab çiqaruvçilar faqatgina hujjatlarni töliq taqdim etsa, qurilmalarni röyxatdan ötkaza oladi.

Çet elliklar uçun ilk bora tarmoqqa ulangandan keyin 30 kun içida röyxatga oliş bepul.

×