Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi koronavirusga qarşi kuraş ştabi aʼzosi, professor Habibullo Oqilov qatʼiy karantin çeklovlariga qaytiş nega kerak bölgani haqida gapirdi.
«Kasallik 1 iyuldan boşlab köpaydi, deb heç kim aytgani yöq. Kasallik sönggi 2 hafta-20 kunda kunlik ravişda köpayib bordi. Ungaça nega karantin qabul qilindi va nega yumşatila boşlandi?
Mart oyida örnatilgan karantinning natijasini kördik, uni hamma davlatlar eʼtirof etdi. Yangi aniqlangan kasallar soni tuzalayotgan bemorlar sonidan 2 baravar kamaygandan keyin karantinni yumşatiş böyiça qaror qabul qilindi. Karantinni yumşatiş böyiça ötkazilgan selektorda agar vaziyat, statistika özgaradigan bölsa, yana qatʼiy çeklovlarga qaytilişi haqida aytilgan edi.
Karantin yengillaştirilgandan keyin xalq sal notöğri tuşundi – böldi, buyoğiga karantin oçildi, eski hayotga qaytdik, deb öylaşdi. Töda bölib yiğiliş, qator-qator maşinalar, Çimyon-Çortoq, 100 kişilik töylar, gözallik salonlari, restoranlar...
Transportga ruxsat berilganda 50 foiz yuklama oliş, faqat örindiqlarda ijtimoiy masofa saqlagan holda yurişga ruxsat berildi. Ammo «pik» vaqtida körsangiz, odamlar tirband bölib, bir-birining quloğiga nafas olib ketyapti. Bundan keyin kasallik yuqmay nima qilsin?!
Vatandoşlarni çet eldan olib keliş töxtagani yöq, har kuni 2-3ta çarter reysda 500tagaça odam qaytib kelyapti. Ular yaşil davlatlardan kelayotgani yöq, hammasi qizarib yotgan davlatlardan kelyapti. Çarter reysda kelganlar orasida kasallik aniqlaniş holati 60 foizgaça çiqdi.
Yuqoridagi omillar hisobiga oxirgi 20 kun içida kasallik körsatkiçlari yana kötarilib bordi. Şuning uçun 10 iyuldan qatʼiy karantinni boşlamasak, buyoğiga keç qolamiz, deb bong uryapmiz», dedi Oqilov Maxsus komissiyaning karantinni kuçaytiriş haqidagi qarori yuzasidan ötkazilgan matbuot anjumanida.
Soğliqni saqlaş vaziri örinborsari Elmira Bositxonovaning sözlariga köra, navbatdagi qarorlar 20 kunlik karantin natijalari tahlilidan kelib çiqqan holda belgilanadi.
«Karantinnnig birinçi ön kunligida, 20 kundan keyin yana tahlillar qilinadi. Mana şu tahlil natijalari asosida qarorlar özgaradi. Respublika maxsus komissiyasi şuning uçun ham tuzildi, qarorlar vaziyatdan kelib çiqqan holda har kuni özgarişi mumkin», dedi Bositxonova.
Habibullo Oqilov 20 kunlik karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilinsa, 1 avgustdan vaziyat iziga tuşişi mumkinligini taʼkidladi.
«Yangi çeklovlar boşlanğiç bosqiçda 1 avgustgaça deb aytilyapti. Agar kasallik zanjirlarini uza olsak, yangi holatlar aniqlanişi kamaysa, yangi qarorlar qabul qilinadi. Karantin qoidalariga töla rioya qilinsa, 1 avgustdan yana hammasi iziga tuşişi mumkin», dedi u.









