Özbekistonda yana restoran, bozor va boşqa obʼektlar faoliyati töxtatilmoqda

Özbekistonda yana restoran, bozor va boşqa obʼektlar faoliyati töxtatilmoqda

Özbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin çoralari kuçaytiriladi. 

Unga köra, quyidagi obʼektlar faoliyati töxtatiladi:

•    parklar va istirohat boğlaridagi attraktsionlar;

•    buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan şuğullanuvçi yirik dökonlar; 

•    sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseynlar; 

•    taşkiliy-huquqiy va mulkçilik şaklidan qatʼi nazar maktabgaça taʼlim taşkilotlari, öquv kurslari va har qanday tögaraklar;

•    umumiy ovqatlaniş obʼektlari (restoran, kafe, oşxona, çoyxona) (yetkazib beriş (keytering) xizmati bundan mustasno);

•    sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boşqa dam oliş maskanlari. 

Eslatib ötamiz, yuqoridagilarning barçasi faoliyatiga joriy yilning 5-10 iyunidan ruxsat etilgan edi. 

×