Özbekistonda massaj salonlari, diskotekalar, bolalar öyin zallari faoliyati töxtatildi

Özbekistonda massaj salonlari, diskotekalar, bolalar öyin zallari faoliyati töxtatildi

Davlat soliq qömitasi matbuot xizmati 19 mart, payşanba kuni, Özbekistonda koronavirus tarqalişining oldini oliş böyiça respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötgani haqida xabar berdi.

Yiğilişida 19 martdan boşlab butun Özbekiston böylab:

  • massaj salonlari;
  • diskotekalar, diskobarlar;
  • bolalar öyin zallarining faoliyatini töxtatişga qaror qilindi.

«Tadbirkorlik subʼektlaridan körilayotgan çora-tadbirlarga xayrixoh bölişlarini söraymiz. Öz-özini himoya qiliş uçun aholiga karantin davrida bunday muassasalarga taşrif buyurmaslikni tavsiya qilamiz.

Uşbu qaror ijrosi Davlat soliq xizmati, içki işlar organlari va Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan qatʼiy nazorat qilinadi», – deyiladi qömita xabarida.

Avvalroq, Toşkent hayvonot boği koronavirus sababli yopilgani haqida xabar berilgandi.

Maʼlumot uçun, Özbekistonda koronavirus infektsiyasini yuqtirib olganlar soni 23 nafarga yetdi.

×