Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari Abduraşid Abduqodirov, Rasul Kuşerboyev, Bekzod Ortiqov, Jamşid Pirmatov avtomobillar oynalarini parda bilan tösişga ruxsat beriş böyiça taklif kiritdi.
"Ayni kunlarda jazirama issiq tufayli avtomobilda harakatlanayotgan yölovçi va haydovçilarning quyoş nurlaridan himoyalanişga ehtiyoji ortib borayotganligini körib turibmiz. Afsuski buni qonuniy va tölovlarsiz amalga oşirişning imkoniyati yaratilmagan.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori qarori bilan tasdiqlangan “Yöl harakati qoidalari”da Transport vositalaridan foydalanişni taqiqlovçi şartlardan bir sifatida barça transport vositasining old, yon va orqa oynalarining yoruğlik ötkazuvçanligi 70 foizdan kam bölişi belgilangan.
Şu bilan birga masalaning qonuniy yeçimi sifatida jismoniy şaxslar uçun eng kam oylik iş haqining töqson baravari, yuridik şaxslar uçun eng kam oylik iş haqining bir yuz yigirma baravari, Özbekiston Respublikasida faoliyat körsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik şaxslari uçun eng kam oylik iş haqining bir yuz qirq baravari miqdoridagi tölov evaziga içki işlar organlari ruxsatnomasi asosida oynalarining tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalaridan foydalanişga ruxsat berilgan.
Mazkur tartibga rioya etilmagan holatlarda esa Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 126-moddasiga asosan eng kam iş haqining yigirma beş baravaridan qirq baravari miqdorigaça jarima tölaş belgilangan.
Aholi va jamoatçilikning fikri asosida xulosa qilinsa, bunday tartib va qoidalarning amalga tadbiq etilişida bir qator öziga xos xususiyatlar inobatga olinmagan. Jumladan:
• mamlakatimiz nisbatan issiq ob-havo kuzatiladigan iqlim mintaqasida joylaşganligi;
• issiq va quyoşli kunlarda avtomobil egalari va undagi yölovçilarning issiqdan va quyoş nurlaridan himoyalanişi huquqi uçun pul tölaşga töğri kelayotganligi, bunga imkoniyati bölmaganlarga esa issiqdan va quyoş nurlaridan himoyalanişi uçun qonuniy tartiblar mavjud emasligi;
• oynalarining tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalaridan foydalanişga ruxsat oliş uçun belgilangan tölov miqdori ayrim yangi avtomobil qiymatining 30 foizidan, hattoki baʼzi avtomobillarning ikkilamçi bozordagi narxining 50 foizidan ham köpni taşkil etayotganligi;
• aholi örtasida jamiyatimizda aholining boy va kambağal qatlamga ajratib qöyilmoqda, degan tuşunça paydo bölayotganligi;
• qonun xujjatlarida “haydovçining örnidan tevarak-atrofni köriş” tuşunçasiga tuşuntiriş mavjud emasligi inobatga olinmagan.
Şuningdek, içki işlar organlari xodimlari tomonidan tölov evaziga oynasining tusini özgartirişga ruxsat olib özgartirgan yengil avtotransport vositalarini tekşiriş uçun tez-tez töxtatilayotganligi va ularning qimmatli vaqtlari yöqotilayotganligi ham fuqarolarning noroziligiga sabab bölmoqda.
Mazkur masalada Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlariga ham saylovçilar tomonidan şu mazmundagi murojaatlar köpayganligi muammoning dolzarbligini anglatadi.
Uşbu murojaatlar böyiça qonun xujjatlari va yigirmaga yaqin (Buyuk Britaniya, Polşa, Şvetsiya, Frantsiya, Qozoğiston, Qirğiziston va h.k.) xorijiy davlatlar tajribalarini örganib çiqildi.
Natijada avvalo xavfsizlik masalalarini inobatga olgan holda yölovçilarni taşiş uçun foydalaniladigan va haydovçining örindiğidan taşqari örindiqlar soni 8 tadan oşmaydigan avtotransport vositalari uçun avtotransport vositalarining ikki yoniga örnatilgan orqa tomon körinişini taʼminlaydigan taşqi közguni haydovçining örnidan körişga halaqit bermagan holda orqa va yon oynalariga çiy parda yoki darparda örnatilişiga heç qanday tölovlarsiz ruxsat berilişi maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelindi.
Şundan kelib çiqib, bir guruh deputatlar tomonidan vakolatli davlat organlariga amaldagi “Yöl harakati qoidalari”ning tegişli bandiga haydovçining örindiğidan taşqari örindiqlar soni 8 tadan oşmaydigan avtotransport vositalari uçun ikki yoniga örnatilgan orqa tomon körinişini taʼminlaydigan taşqi közguni haydovçining örnidan körişga halaqit bermagan holda orqa va yon oynalariga çiyparda yoki darparda örnatişga bepul asosda ruxsat berişni nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritiş haqidagi takliflar taqdim etildi", deydi Rasul Kuşerboyev.
Qayd etilişiça, deputatlar köp ming sonli fuqarolarning murojaatlari asosida taqdim etilgan uşbu taklif yuzasidan masʼullarning munosabati natijalari haqida tez kunlarda albatta maʼlum qiladi.Sunnatilla Abdullayev









