Olimlar immunitet hosil bölişi uçun qança odam koronavirusga çalinişi kerakligini maʼlum qildi

Insonlarning 50 foizdan ortiği infektsiyaga çalinsa, koronavirus epidemiyasining tarqalişi kamaya boşlaşi mumkin. Agar insonlarning maʼlum bir qismi avval boşidan uşbu virusga qarşi immunitetga ega deb taxmin qilinsa, kollektiv immunitetni rivojlantiriş uçun zarur bölgan foiz miqdori bundan ham kamroq bölişi mumkin. Bu haqda immunologiya va epidemiologiya sohasidagi ekspertlarga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Tibbiyot fanlari doktori, Meçnikov nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining vaksinoprofilaktika laboratoriyasi mudiri Mixail Kostinovning sözlariga köra, yaxşi immunitet qatlami uçun 75 foiz kasallanganlar kerak. Uning taʼkidlaşiça, bu kabi raqamlar gripp bilan kasallaniş holatini örganiş davomida orttirilgan tajribalardan olingan.

“50 foiz kasallaniş ham virus tarqalişini töxtatadi, biroq uning samarasi kam. Aholini vaksinatsiyalaş kölami 25-35 foizni taşkil etsa, epidemiya heç yerga ketmaydi. Ammo koronavirus boşqa infektsiyalardan biroz farq qiladi, şu sababli immunitet qatlami 75 foiz bölsa-da, baribir xavf guruhida odamlar qolaveradi”, — deydi Kostinov.

Şu bilan birga, Kostinovning taʼkidlaşiça, vaksinatsiya “dunyoni qutqarmaydi” va şaxsiy gigiyenaga rioya qilişni, surunkali kasalliklarni davolaşni davom ettiriş kerak.

“Şunga qaramay, vaksinatsiyasiz uşbu infektsiya rivojlanişini töxtatişning iloj yöq. Tabiiy immunitet paydo qilingan taqdirda ham xavf saqlanib qoladi, çunki aholi orasida keksalar, surunkali kasallikka ega insonlar va immunitetida nuqsoni borlar mavjud”, — deydi ekspert.

×